Samsung Galaxy Watch 3: to‘qqizta versiyasi, narxi va taqdimot kuni

Janubiy koreyalik texnogigant o‘zining Galaxy Watch 3 smart-soatini shu oydayoq, butkul simsiz Galaxy Buds Live quloqchini bilan birga namoyish etadi.

Xiaomi naq 50 karra zumli hamyonbop kamerofonini yana 42 dollarga arzonlashtirdi

Uning 6,57 dyuymlik AMOLED-ekrani Full HD+ formatida (2400x1080 piksellik) tasvir uzata oladi. Korpusi antibakterial qoplamaga ega, bu esa koronavirus pandemiyasi sharoitlarida yanada dolzarb hisoblanadi.

iPhone 12 hatto iPhone SE 2’dan ham ixcham, iPhone 11’dan ham arzon bo‘ladi! (+video)

Apple yangi smartfon modellarining har birini ikki xil – 5G tarmog‘ini qo‘llovchi va undan benasib versiyalarda taqdim etadi. 5G-modemsiz versiyalari narigilariga nisbatan 100 dollarga arzon sotiladi.

Atigi 198 dollarga Intel protsessorli mini-kompyuter chiqdi!

O‘lchami 192x188x54 mm.lik, vazni esa 460 grammlik Ningmei CR100 bir juft USB 3.0 Type-A, bitta USB Type-C, analogli D-Sub (VGA) hamda raqamli HDMI, shuningdek quloqchin va mikrofon tirqishlariga ham ega.

Android 10 tizimli smartfon atigi 99 dollardan sotila boshladi

Blu G90 akkumulyatori 4000 mA/soatlik va u 10 vattlik texnologiya asosida quvvat oladi. Smartfon jamlanmasiga USB-C kabeli va quloqchin, ekran himoya shishasi va g‘ilof, yana brend stikeri ham kiritilgan.

iPhone SE 2020 kushandasi: OnePlus eng arzon smartfonini tez orada taqdim etadi!

Bunaqa narx siyosati bilan OnePlus Z shu yilning ikkinchi yarmida eng xaridorgir telefonlardan biri bo‘lishi tayin. Hali taqdim etilmasidan turiboq u eng ommabop smartfonlar reytingidan joy olib ulgurgan.

Maxsus talqindagi flagman – Galaxy S20+ BTS Edition sotuvga chiqib rekord o‘rnatdi

BTS Edition versiyali Galaxy S20+ hamda Galaxy Buds+ Rossiyada ham sotuvga chiqyapti. Ularga 8 iyulgacha buyurtma berganlar esa quloqchinga 50% chegirmani yoki simsiz quvvatlash uskunasini qo‘lga kiritadilar.

Eng kichik iPhone 12 naq 128 GB xotirali bo‘lib, 64 GBlik iPhone 11 narxida sotiladi!

O‘n ikkinchi avlod ayfonlarning boshlang‘ich versiyasi olti xil – sariq, oq, qizil, moviy, ko‘k va och yashil ranglardagi, polikarbonatdan ishlangan korpuslarda taklif etiladi.

Samsung Upgrade dasturi: Galaxy smartfonlarini endi har yili yarim narxida olish mumkin! (+video)

Ayni damda ushbu dastur doirasiga Samsung Galaxy S20 Ultra, Galaxy S20+, Galaxy S20, Galaxy S10+, Galaxy S10, Galaxy S10 Lite, Galaxy Note10+, Galaxy Note10, Galaxy A71 va Galaxy A51 modellari kiradi.

Mashhur robot-ko‘ppak sotuvga chiqdi, lekin bu pulga Tesla Model S olish mumkin! (+video)

Kompaniya ushbu robot-ko‘ppagini shu kungacha faqat ijaraga berib kelayotgan edi, shundayam ayrim kompaniyalarga. Endi esa Spot ochiq savdoga qo‘yildi, lekin narxi odamni «qopadigan» darajada!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш