2023-yil yanvar oyiga ko'ra eng yaxshi ishlaydigan smartfonlar o'ntaligi

2023-yil yanvar oyiga ko'ra eng yaxshi ishlaydigan smartfonlar o'ntaligi

AnTuTu benchmarki jamoasi 2023-yil yanvar oyiga ko'ra eng yaxshi smartfonlar ro'yxatini e'lon qildi. Unga ko'ra, Vivo X90 Pro+ smartfoni 1,283,893 ball bilan top o'nlikning eng birinchi o'rnini egallagan, aniqrog'i saqlab qolgan, chunki smartfon 2022-yil dekabrida ham eng yuqori o'rinda turgan edi. Aytish kerakki, ushbu smartfon Snapdragon 8 Gen 2 va Vivo'ni o'zining V2 chiplarida ishlaydi.

Ehtimol, Snapdragon 8 Gen 2 kuchi bilan shekilli, iQOO 11 ikkinchi o'rinni 1,272,580 ball bilan band qilgan. Ta'kidash joizki, u o'zining Pro modelidan o'zib ketishga muvaffaq bo'lgan.

Top uchlikni Snapdragon 8+ Gen 1 chipida ishlaydigan Legion Y70 geyming smartfoni 1,112,092 ball bilan yakunlaydi. Garchi faqat Xitoyda sotilayotgan bo'lsa ham, u hozirda geyming smartfonlar bozoridagi eng yaxshi tanlovlardan biridir.

Navbatdagi to'rtinchi o'rinni Xiaomi'ning Redmi K50 Ultra smartfoni egallagan bo'lsa, beshinchi o'rin Asus'ning Zenfone 9 smartfoniga tegishli. Ikkala smartfonlar ham Snapdragon 8+ Gen 1 chipida ishlaydi.

Yana bir Xiaomi smartfoni, 200 MP kamerali 12T Pro modeli esa 1,062,046 ball to'plab ro'yxatning oltinchi o'rnidan joy olgan. Undan keyingi o'rinni esa o'tgan yilning oxirgi oyida top o'ntalikka kirolmagan, ammo bu safar 1,048,268 ball bilan buni uddalagan Nubia'ning Red Magic 7 geyming smartfoni egallagan va u Snapdragon 8 Gen 1 chipida ishlaydi.

iQOO Neo 7 ro'yxatdagi Dimensity 9000+ chipi bilan "top 10"ga kira olgan yagona smartfon bo'lib, u sakkizinchi o'rinni egallagan. To'qqizinchi o'rinni esa Samsung buklamafoni, Galaxy Z Fold 4 band qilgan. Xiaomi 12 Pro o'zining Snapdragon 8 Gen 1 chipi orqali olgan 986,518 balli bilan top o'nlikka yakun yasaydi.

Flagmanlardan tashqari AnTuTu o'rta flagman smartfonlarning ham top o'ntaligini ham chiqargan. Ro'yxat quyidagicha:

  1. Redmi 12T Pro (Dimensity 8100 Ultra) - 821860
  2. realme GT Neo 3 (Dimensity 8100) - 812167
  3. Poco X4 GT (Dimensity 8100) - 806615
  4. Redmi K50i (Dimensity 8100) - 786095
  5. OnePlus 10R 5G (Dimensity 8100 Max) - 784142
  6. Redmi Note 11T Pro (Dimensity 8100) - 765264
  7. realme GT Neo 2 (Snapdragon 870) - 730630
  8. iQOO Neo 6  (Snapdragon 870) - 723830
  9. realme GT Neo 3T (Snapdragon 870) - 711343
  10. Poco F3 (Snapdragon 870) - 703865

O'QING: Xiaomi 13 Ultra'ning sifatli renderi paydo bo‘ldi