AQSh kontrrazvedka xizmati Rossiyadagi futbol muxlislarini ogohlantirdi!

AQSh kontrrazvedka xizmati Rossiyadagi futbol muxlislarini ogohlantirdi!

AQSh kontrrazvedka va xavfsizlik milliy ma’muriyati xalqaro futbol ishqibozlarini kiber jinoyatchilar reja qilayotgan xurujlardan ogohlantirdi. Unda qayd etilishicha, Rossiyaga futbol bo‘yicha jahon chempionatini ko‘rishga kelgan muxlislarning shaxsiy ma’lumotlari hakkerlar tomonidan o‘zlashtirilishi mumkin.

«Agar siz Rossiyaga o‘zingiz bilan mobil telefon, noutbuk, planshet yoki boshqa biror elektron qurilmani olib borayotgan bo‘lsangiz, ehtiyot bo‘ling -- Rossiya hukumati yoki kiber-jinoyatchilar sizning ushbu devaysingizdagi ma’lumotlarni (asosan shaxsiy ma’lumotlaringizni) qo‘lga kiritishlari mumkin.

Agar gadjetsiz ham yashay olsangiz, unda Rossiyaga ularsiz boring. Agar mobil qurilma sizga chindan ham kerak bo‘lsa, siz ayni paytgacha ishlatgan emas, boshqa gadjetni oling hamda undan foydalanmayotgan vaqtingizda uning batareyasini yechib qo‘ying,» — deb ogohalntirdi AQSh kontrrazvedka va xavfsizlik milliy ma’muriyati direktori Uilyam Evanina.

Maxsus xizmat vakillarining ma’lum qilishlaricha, Apple qurilmalari tizimini buzib kirib, ulardan ma’lumot o‘g‘irlash Android-smartfonlarga qaraganda birmuncha qiyin. Shu bilan birga ayfon yoki ayped ham to‘la ishonchli emas. Ayniqsa, ulardan jamoat hududlaridagi Wi-Fi tarmoqlarida foydalanish o‘ta xavfli. Xususan, ekspertlar Wi-Fi orqali to‘lovlarni to‘lash, smartfon maxfiy kalitini terish yoki ijtimoiy tarmoqlarga kirish, to‘lov kartalari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishishni maslahat bermaydilar.

Shu bilan birga, AQSh kontrrazvedka va xavfsizlik milliy ma’muriyatiga ko‘ra, mehmonxonadagi internetdan ham foydalanish xavfli hisoblanadi. Hakkerlar bunday tarmoqlarni osongina buzib, ularga jyolashib oladilar.

AQSh kontrrazvedka va xavfsizlik milliy ma’muriyati, shuningdek elektron qurilmalarga murakkkab maxfiy so‘zlarni o‘rnatishni ham maslahat beradi. Bu esa muhim ma’lumotlarni himoya qilish uchun ayni muddao.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!