Ayfonlardagi ajoyib funksiya barcha Android-smartfonlarga ham qo‘shilyapti! (+video)

  •   DiMaX
  •  1659
  •  05.08.2020 13:00

Ayfonlardagi ajoyib funksiya barcha Android-smartfonlarga ham qo‘shilyapti! (+video)

Google kompaniyasi o‘zining Nearby Share texnologiyasini rasman taqdim etdi. Bu – turli Android-qurilmalar orasida o‘zaro fayl almashish imkonini beruvchi funksiyadir.

O‘QING: Pixel 4a taqdim etildi: iPhone SE 2020 kushandasi undan 100 dollarga arzon! (+video)

Aytish kerakki, uchta yetakchi smartfonsozning qurilmalarida shunga o‘xshash Apple AirDrop, Samsung Quick Share hamda Huawei Share funksiyalari avvaldan mavjud edi. Nearby Share ham xuddi ular kabi ishlaydi, afzalligi shundaki, ishlab chiqaruvchisidan qat’i nazar, uni Android 6.0 va undan yuqori talqindagi operatsion tizimli barcha gadjetlarda qo‘llash mumkin.

Nearby Share orqali boshqalarga yuborish uchun fayl, havola yoki rasmni belgilab olish, keyin esa «Ulashish» («Podelitsya») bo‘limida Nearby Share bandini tanlash kerak. Shundan so‘ng qalqib chiquvchi oynada yaqin atrofdagi qurilmalar ro‘yxati ko‘rinadi.

Foydalanuvchi o‘zining smartfoni Nearby Share orqali boshqalarga ko‘rinish-ko‘rinmasligini o‘zi sozlay oladi. Shuningdek, unda anonim tarzda fyl uzatish imkoniyati ham mavjud.

O‘QING: Google hamda Apple monopoliyasiga Huawei qattiq zarba berdi!

Nearby Share funksiyasi yordamida Bluetooth, Wi-Fi tarmoqlari hamda WebRTC (Web Real Time Communications) texnologiyasi orqali fayl almashish mumkin.

Nearby Share texnologiyasi allaqachon Android 6.0 va undan yangi operatsion tizimlar boshqaruvi ostidagi smartfonlarda paydo bo‘la boshlagan. Mazkur funksiya Google Play Services to‘plamining yangilanishi orqali qo‘shiladi. Qidiruv giganti keyinroq ushbu funksiyani kompyuterlardagi Chrome brauzeriga ham qo‘shishni rejalashtirgan.

Darvoqe, barcha smartfonlarga Android 11 chiqish sanasini Google tasodifan «sotib» qo‘yganidan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Share Files – o‘zaro fayl almashishning eng qulay va tezkor yo‘li

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!