Begona to‘lqinlar ma’lumot uzatish sifatini buzadimi?

  •   Saroy
  •  1248
  •  07.06.2018 11:25

Begona to‘lqinlar ma’lumot uzatish sifatini buzadimi?

Ko‘pchiligimiz internet kanaliga simsiz ulanayotganimizda asosiy kanalning internetga chiqish tezligi qandaydir ikki megabitgacha tushib ketishi holatlariga duch kelganmiz. Bu esa, qulay syorfing qilishga, ayniqsa, onlayn-video ko‘rishga imkon bermaydi. Bunday sharoitda ko‘ngilochar saytlarda  gifki yuklanishining oxiri ko‘rinmaydi, ya’ni uzoq muddatga cho‘zilib ketadi, onlayn o‘yinlardagi yuqori ping esa  o‘yinda g‘olib bo‘lish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. Natijada, og‘ir mehnatdan keyin, uyga kelib maza qilib dam olish o‘rniga, faqat ortiqcha asabbuzarlikni orttirib olasiz. Quyidagi hikoyamiz ushbu muammoning yuz berishi sabablari hamda unga qarshi kurash yo‘llari haqida.

Birinchi mish-mish: efirning bandligi aloqaning sifatiga ta’sir ko‘rsatadi

Tasavvur qiling, uyga ishdan charchab keldingiz, qo‘lingizga planshet yoki noutbuk olib yangi bir kino ko‘rmoqchisiz. Ammo, aslida bu ishni yolg‘iz siz qilayotganingiz yo‘q. Bu vaqtda qo‘shnilar ham ishdan qaytgan bo‘ladi va ular ham simsiz tarmoqlardan faol foydalana boshlaydi. Natijada – yuklash tezligi soniyasiga ikki megabayt nuqtada qotib qoladi, onlayn-tomoshani buferlashtirish ko‘p vaqtni oladi. Bularning barchasiga aybdor – efirning bandligi. Buni barchaga tanish Wi-Fi Analyzer dasturi tasdiqlashi mumkin.   

Skrinshotdan ko‘rinib turibdiki,  smartfonga qo‘shilgan tarmoqdan tashqari (barcha testlar  Honor View 10 da o‘tkazildi), gadjetingiz yana o‘nlab har xil tarmoqlarni ko‘rib turadi. tezligini o‘lchab ko‘raylikchi:

Kimgadir bunday natija yomon ko‘rinmasligi mumkin, lekin bu, smartfonning imkoniyatlari  va ulanish nuqtalari uchun hali hammasi emas. Ehtimol,  u  Wi-Fi kanalini almashtirishga yordam berar, lekin kanallarning bandligi darajasini baholash uchun bizga Wi-Fi Analyzer  yordam beradi.

 

Ko‘rib turibsizki, barcha kanallar oxirigacha yuklangan, kanaldan kanalga o‘tkazish tezligi hech oshmayapti, dastur orqali baholangan bitta yulduz, uch yulduzli kanalga bermaydi.  Faqat bundan to‘liq yuklanmagan o‘n to‘rtinchi kanal mustasno bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, 5 GGs da ahvol qanday, ko‘raylikchi.

 

Ko‘rinib turgan diapazonda bor-yo‘g‘i bitta nuqta! Simsiz tarmoqni almashtirish tezligini yana bir bor tekshiramiz.   

Natijalar kishini hayron qoldiradi. Tezlik bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin edi, lekin biz shundog‘am provayderdan qancha mumkin bo‘lsa shuncha tezlikni tanlaganmiz.

Mish-mishlar tasdig‘ini topdi: o‘lchovdan ko‘rinib turibdiki, efirning bandligi Wi-Fi sifatiga haqiqatan ham kuchli ta’sir o‘tkazadi. Umuman olganda, simsiz tarmoqlar bir-biriga halaqit berayotganda nega bu holat yuzaga keladi? Birinchi skrinshotga e’tibor qarating: Unda Wi-Fi kanalining har biri bir yo‘li  bir nechta ulanish nuqtalari orqali foydalanilmoqda. Gap shundaki, 2,4 GGs diapazonidagi har bir kanal 22 MGs kengligiga ega, qo‘shni kanallar orasidagi markaziy chastotalar masofasi atigi  5 MGs ni tashkil etadi. Bunday bo‘linish aslida uzoq 1997 yilda qo‘llana boshlangan edi, o‘shanda u yetarli va asosli bo‘lib ko‘ringandi-da. Natijada, Wi-Fi’ning uchta kanali ham  (birinchi, oltinchi va o‘n birinchi) bir-biri bilan o‘zaro kesishmaydi, bu quyidagi rasmda ham yaxshi ko‘rinib turibdi.   

Ya’ni, agar smartfoningizning ko‘rish radiusi atigi uchta nuqtada bo‘lganda edi, ular bir-biriga qariyb, halaqit bermasmidi, simsiz tarmoqning tezligi esa eng yuqori bo‘lgan bo‘lardi. Afsuski, bunday bo‘lmaydi: bizning holatda nuqtalarning soni o‘ntadan oshib ketgan bo‘lardi va ajratilgan kanallar hammasiga yetmagan bo‘lardi. 5 GGs diapazonida ushbu kamchiliklar to‘liq bartaraf etilmagan, lekin  20 MGs kenglikdagi ko‘plab yopilmaydigan kanallarga ega bo‘ladi, ushbu chastotalarning radioto‘lqinlari kam kirib borish imkoniyatiga ega, bu esa, ko‘p kvartirali uylarda ustun tomonlarini namoyon qiladi: gadjetlar qo‘shnilar tarmog‘ini kam ko‘radi.  

Navbatdagi mish-mish: mikroto‘lqinli pechlar va oynalar aloqa sifatiga ta’sir ko‘rsatadi

Uy Wi-Fi’ning past tezligiga nafaqat efirning to‘la band bo‘lishi, balki  mikroto‘lqinli pech va oyna ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buni mustaqil ravishda tekshirib ko‘rishga qaror qildik. Xo‘sh, haqiqatan ham ro‘zg‘orga kerak bo‘lgan ushbu matohlar aloqa sifatini buzadimi?

Keling mikroto‘lqinli pechdan boshlaymiz. Ko‘pchillik mikroto‘lqinli pechlar 2,45 GGs chastotada ishlaydi.  Ushbu chastota amalda standartga aylangan va qator parametrlardan kelib chiqilgan holda tanlangan, masalan, mikroto‘lqin taom ichiga yetarlicha kirib borishidan tortib, magnetron tuzilishining o‘ziga xosligigacha. Ushba chastotaning  802.11b/g/n standartidagi Wi-Fi tarmog‘i ishlaydigan 2,4–2,5 GGs diapazoni bilan to‘g‘ri kelishini sezish unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi.  To‘g‘ri, agar maishiy nuqtaning eng yuqori quvvati 100 mVt bilan cheklansa, mikroto‘lqinli pech 500-700 Vt’ni osongina chiqaradi. Albatta, ushbu quvvatning katta qismi pechning o‘ziga o‘rnatilgan himoya tufayli o‘chadi, lekin qolgan mikroto‘lqinning o‘zi ham routerni to‘liq o‘chirib qo‘yishga yetib ortadi. Biz o‘tkazgan tajribada qo‘shib qo‘yilgan mikroto‘lqinli pech yonida turgan smartfonda ma’lumot uzatish tezligi 25 marotaba pasayib ketdi. Agar mikrato‘lqin 5GGs diapazonli bo‘lganda edi qo‘rqadigan joyi bo‘lmasdi. 

Oyna yoki boshqa metal buyumlarga kelsak, masalan folga bo‘ladimi yoki oddiy kostryulmi, ular ham radioto‘lqinlarni optik diapazonli to‘lqindan aslo kam qaytarmaydi.   Shuningdek, ushbu holatda 5 GGs chastota polosasida ishlayotgan tarmoqlarga yana ham yomon bo‘ladi, chunki, ushbu chastotadagi radioto‘lqinlarning o‘z-o‘zicha kirib borish imkoniyati juda past. Quyidagi skrinshotlarda signal quvvatini shkafning oynali eshigi qarshisida qanday tarqalishi hamda shu zahotiyoq uning orqa tomonida qanday tarqalishi solishtirib ko‘riladi.   

 

Farq juda katta ekanligi ma’lum bo‘ldi: 2,4 va 5 GGs uchun 14 va 16 dBm (detsibel-millivatt). Bu raqamlar signal quvati yetarli nuqtadan qariyb, 31 marta tushib ketishiga mos keladi.

Mish-mishlar tasdiqlandi: mikroto‘lqinli pechlar va metal buyumlar, oynalar Wi-Fi signalining sifatiga sezilarli darajada putur yetkazar ekan. Agar mikroto‘lqindan himoyalanishning imkoni bo‘lsa, masalan 5 GGs ga o‘tib. Ammo baribir, yetarli nuqta bilan mijoz qurilmasi o‘rtasida  oynaning bo‘lmasligi haqida jiddiy o‘ylab ko‘rish kerak.

Yana bir mish-mish: Bluetooth-qurilma Wi-Fi va LTE orqali ma’lumot uzatish tezligiga ta’sir qiladi

Agar bundan 10 yilcha burun ko‘pchilligimiz Bluetooth’ni fayllarni uzatish uchun onda-sonda qo‘shgan bo‘lsak, hozirga kelib ko‘pchillik ushbu radiointerfeys’ni umuman o‘chirmaydi. Ushbu protokol bo‘yicha smart-soatlar ham, garniturlar ham, fitnes-trekerlar va boshqa gadjetlar ham ishlaydi, ular har doim smortfon bilan axborotlarni almashib turadi. Shuningdek, mazkur «moviy tish» ko‘p hollarda Wi-Fi  tezligining tushib ketishiga sababchi, deb qaraladi. Keling, buni ham tekshirib ko‘raylik.

Tajribani amalga oshirish uchun boshqa smartfonni simsiz quloqchinga uladik va  musiqa qo‘ydik, ular orasiga joylashib olgan  Honor View 10 da bizga yaxshi tanish bo‘lgan Speedtest.   1

 

Yuklash tezligining tushib ketishini juda yomon deyish mumkin emas, garchi u anchayin sezilarli bo‘lsa-da, ammo qaytarib berishdagi tezlik qariyb, ikki barobarga tushib ketdi. Tajribani yana bir bor o‘tkazamiz, faqat bu gal smartfonda musiqa ham qo‘yamiz, tezlik testini ham o‘lchaymiz. 

Bu safar aloqa sifati juda sezilarli ravishda yomonlashdi: Yuklash tezligi 17 barobarga tushib ketdi. Bu mish-mish ham, aslida  haqiqat ekan. Eng qiziq joyi, 5 GGs diapazonning ham tezligi  Bluetooth bilan bir vaqtda ishlayotgan chog‘da pasayishga moyil bo‘ladi.   

Nega bunday bo‘lyapti? Sabab xuddi mikroto‘lqinli pechdagi holat bilan bir xil: Bluetooth va Wi-Fi bir xil litsenziya talab etiladigan  2,4 GGs diapazonida ishlaydi. Uzatkichlarning bir vaqtning o‘zida bitta chastotada ishlashi natijasida, interferensiya yuzaga kelishi turgan gap: Bir to‘lqin ikkinchi to‘lqinga qo‘shilib ketadi va bir-biriga xalaqit beradi, bu esa shubhasiz, aloqa sifatiga salbiy ta’sir o‘tkazadi.

Signal manbalarining bir biriga xalaqit berishi nafaqat, bir chastotada yuz beradi, balki bu holat turli chastotalarda ham kuzatilishi mumkin. Ayniqsa, bunday holat ikki manba uzluksiz ishlayotgan bo‘lsa va bir-biriga juda, masalan smartfon  yaqin joyda turgan bo‘lsa yaqqol namoyon bo‘ladi. To‘g‘ri, aniq vazifani hal etish holatida, musiqa eshitayotgan chog‘da tezlikning  60 Mbit/s’gacha tushib ketishini sezishingiz qiyin, shunday ekan  5 GGs chastota yo‘lagiga o‘tib olish Bluetooth bilan ishlayotgan chog‘da Wi-Fi tezligining tushib ketishi muammosini muvaffaqiyatli ravishda hal etadi.

Bundan tashqari, Bluetooth orqali musiqa eshitish  hatto, ma’lumotlarni LTE-tarmoqlari orqali yuklash tezligiga ham ta’sir qilishi mumkin. Biz o‘tkazgan testda tezlik farqi 10 Mbit/s’ ni tashkil etdi, bu unchalik ham kam emas. 

 

Xulosa

2,4 GGs chastotali diapazonning ma’lumotlarni simsiz uzatish uchun mo‘ljallangan turli qurilmalarda keng qo‘llanilishi, aslida ma’lumotlarni uzatish tezligi bilan shunday tarmoqlarning ta’sir etish radiusi o‘rtasidagi maqbul bo‘lgan muvozanatga asoslangan. Biroq  Wi-Fi va Bluetooth qanchalik ko‘p ommalashgan sari, avval boshda ustun bo‘lib ko‘ringan jihatlar endi kamchilikka aylanib qolyapti. 2,4 GGs radioto‘lqinlarning kirib borish qobiliyati yuqoriligi shu darajaga  olib keldiki, ko‘p kvartirali uylarning kamida yarmi simsiz tarmoqdarni o‘zaro interferensiyalashtira oladi, Ulardan tashqari, tarmoq tezligiga Bluetooth-quloqchin ham sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Baxtimizga, yuqorida qayd etilgan muammolarning aksariyati 5 GGs chastotasiga o‘tish yo‘li bilan hal etiladi, chunki ushbu chastota nafaqat qishloqlarda, balki shaharlarda ham bo‘sh turibdi. Hatto, barcha birdaniga ushbu chastotaga o‘tgan taqdirda ham 2,4 GGs muammosi kuzatilmaydi, chunki, ushbu polosa bir-biri bilan kesishmaydigan ko‘p kanallarga ega, kirib borish qobiliyati past bo‘lgani uchun yonma-yon joylashgan kvartiralar yoki qavatlar orasida tarmoqlarning bir-biriga halaqit berishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!