Bunga nima deysan Realme? – smartfonni 300 Vt tezlikda quvvatlash texnologiyasi ko'rsatildi!

Bunga nima deysan Realme? – smartfonni 300 Vt tezlikda quvvatlash texnologiyasi ko'rsatildi!

Smartfon ishlab chiqaruvchilari, ayniqsa, xitoylik taniqli brendlar yaqin yillardan beri telefonni tezkor zaryadlash poygasini o'ynab kelishmoqda va hozirda Realme o'zining 240 Vt tezlikdagi quvvatlash tezligi bilan peshqadamlik qilib kelayotgan edi. Edi. Ammo, bugun Xiaomi'ning Redmi brendi 300 Vt tezlikdagi zaryadlanish texnologiyasi bilan Realme'dan ancha oldinga o'zib ketdi.

Ma'lum bo'lishicha, Barselonada bo'lib o'tayotgan MWC 2023 tadbiri davomida Redmi o'zining yangi zaryadlanish texnologiyasini namoyish etgan. Ulashilgan demo videoda siz Redmi Note 12 Pro+ yoxud Discovery Edition 300 Vt tezlik bilan 0 dan 100 gacha atigi 5 daqiqada quvvatlanishini ko'rishingiz mumkin.

Ta'kidlash joizki, smartfon batareyasi bu yerda 4100 mA/soat va u 43 soniyada 10%, 2 daqiqada esa 50% quvvatlandi. Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda yangi zaryadlash texnologiyasi aslida 300 Vt dan biroz kamroq – maksimal 290 Vt atrofida.

Aytish kerakki, Redmi'ning ushbu 300 Vt quvvatlanish texnologiyasi tezligi faqat test rejimida namoyish etilgan va undan kelajakdagi smartfonlarda foydalanish haqida ma'lumotlar hozircha ochiqlanmagan.

O'QING: Xiaomi o‘zining global foydalanuvchilari uchun "kambag‘al" MIUI 14 operatsion tizimini taqdim qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!