Edge – kishini aqlliroq qiluvchi peshonabog‘ yaratildi! (+video)

  •   DiMaX
  •  602
  •  12.11.2018 16:04

Edge – kishini aqlliroq qiluvchi peshonabog‘ yaratildi! (+video)

Kaliforniyadagi Humm startapi peshonaga taqiluvchi Edge garniturasini ishlab chiqdi. Mazkur garnitura insonni aqlliroq qila oladi.

O‘QING: «Siz hammadan aqllimisiz?»

Edge peshonabog‘i miyaning ta’lim olishga qa xotiraga mas’ul qismini stimulyasiya qiladi. Ushbu aksessuarni ishda, aqliy faoliyat bilan bog‘liq o‘yinlarda yanada yaxshiroq natijalarga erishish uchun qo‘llanishi mumkin.

Mana, uni quyidagi videolavhada tomosha qiling-da:

Edge xuddi sportchilar peshonabog‘i ko‘rinishida ishlangan bo‘lib, unga o‘rnatilgan datchiklar miyaning tegishli qismlariga elektr signallarini uzatadi. Ishlab chiquvchilarning so‘zlariga ko‘ra, bu miyani yanada faollashtirib, kishining kognitiv (fikrlash bilan bog‘liq) qobiliyatini oshiradi.

Humm vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Edge peshonabog‘ini kerakli aqliy faoliyatni boshlashdan 15 daqiqa avval qo‘llash kerak, uning ta’sir etish muddati esa bir soatdan kam emas. Kognitiv qobiliyatini oshirishdan tashqari, u kishini stresslarga ham chidamliroq qiladi. Shu bois uni yaxshi dam olish uchun uxlashdan avval ham qo‘llash mumkin.

Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashlaricha, Edge garniturasini qo‘llash butkul xavfsiz bo‘lib, u barcha kerakli testlardan o‘tkazilgan. Bu gadjetni 2019 yili savdoga chiqarishni ko‘zlashmoqda, narxi esa 300 dan 500 dollargacha bo‘lishi mumkin

O‘QING: LUNA fofo: dunyodagi ilk aqlli byuti-gadjet

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!