Galaxy Buds+ ning yangicha ko‘rinishdagi rasmlari paydo bo‘ldi

Galaxy Buds+ ning yangicha ko‘rinishdagi rasmlari paydo bo‘ldi

Samsung o‘zining Galaxy Buds+ simsiz quloqchinlarini fevral oyida taqdim qilgan edi. Naushniklar endi yangi — aura ko‘k (Aura Blue) rangida ham chiqariladi.

Bu haqida ishonchli manba — Evan Blass'ga tayanib, GSMArena xabar bermoqda. Blass ulashgan rasmlarni tomosha qiling:

Ayni damda Galaxy Buds+ qora, ko‘k, oq, qizil va pushti ranglarda mavjud. Yangi aura ko‘k rangli quloqchinlar qachon va qaysi bozorlar uchun taqdim qilinishi noma’lum.

Galaxy Buds+ AKG 2-polosali (quyi chastotali dinamik + tviter) karnaylarga ega. Quloqchinning har ikki tomoni 85 mA/soatli, quvvati 11 soat musiqa tinglashga yetadigan akkumulyatorga ega.

Quloqchinlar 150 dollar atrofida turadi.

O‘QING: Butkul simsiz Galaxy Buds+ quloqchini namoyish qilindi (+videotavsif)