Galaxy J3: super HD ekran, 8 MP kamera va hamyonbop narx

Galaxy J3: super HD ekran, 8 MP kamera va hamyonbop narx

Smartfon bozorining peshqadami bo‘lmish Samsung ham raqibi Apple’dan o‘rnak olib hamyonbop Galaxy J3 (2016) smartfonini jahon miqyosida taqdim qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Galaxy J3 (2016) gadjeti haqidagi ilk ma’lumotlar kompaniyaning Gollandiyadagi bo‘linmasi, shu bilan birga Germaniyaning Notebooksbilliger elektron tijorat kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon 200 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi. Kompaniya yaqin kunlarda mazkur qurilmani dunyoning bir nechta mamlakatlarida namoyish qilishni rejalashtirgan. Ilk taqdimotning 31 mart kuni yirik smartfon bozorlaridan biri hisoblangan Hindistonda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Galaxy J3 (2016) turkumidagi smartfonlar Xitoyda 2015 yilning noyabr oyida taqdim qilinib, sinov tariqasida bozorga olib chiqilgan edi. Kompaniyaning smartfonni ommalashtirish to‘g‘risidagi qaroridan ko‘rinib turibdiki, gadjet Xitoy bozorida o‘z o‘rnini topgan.

Galaxy J3 (2016) 5.0 dyuymli, 1280 x 720 piksel sig‘imli HD super AMOLED ekran, 1.2 Ggs.da ishlaydigan 4 yadroli Qualcomm Snapdragon, Android 5.1.1 Lollipop operatsion tizimi, 1.5 GB tezkor xotira, 8 GB ichki xotira, 128 GB.gacha qo‘shimcha xotirani qo‘llab quvvatlash tizimiga, 2600 mAs akkumulyator, 8 MP orqa va 5 MP old kameraga ega.

Qurilmaning o‘lchamlari: 142.3 x 71 x 7.9 mm bo‘lib, og‘irligi 138 gramm. U USB 2.0, GPS, Glonass, Beidou, WLAN 802.11 b / g / n 2.4GHz va Bluetooth v4.1 texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfonda masofa sensori, displey yorug‘ligini avtomatik boshqaradigan sensor, akselerometr va giroskop sensorlari mavjud.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!