Google ilk bor Fuchsia haqida so‘z ochdi: u Android «qotili»mi?

  •   DiMaX
  •  1090
  •  13.05.2019 10:56

Google ilk bor Fuchsia haqida so‘z ochdi: u Android «qotili»mi?

Qidiruv giganti ham mobil qurilmalar, ham noutbuklarda qo‘llanuvchi Fuchsia operatsion tizimini tayyorlayotgani anchadan beri ma’lum. Terabayt.uz saytida undan olingan suratlar va hatto videosi ham e’lon qilingan.

O‘QING: Google’ning «maxfiy» Fuchsia OS tizimini endi siz ham sinab ko‘rishingiz mumkin!

Google I/O 2019 konferensiyasida kompaniyaning Android hamda Chrome OS yo‘nalishi rahbari Xiroshi Lokxaymer (Hiroshi Lockheimer) jurnalistlar bilan bilan suhbatlashdi. Shunda u hozirgacha faqat mish-mishlar va insayderlik xabarlari orqali ma’lum bo‘lib kelayotgan Fuchsia operatsion tizimi ustidagi ishlar haqida birinchi marta rasman ma’lumot berdi.

Android operatsion tizimi Linux yadrosi bazasiga qurilgan bo‘lsa, Fuchsia alohida – o‘zining Zircon nomli yadrosiga ega ekanligi, universal tizim sifatida Android hamda Chrome OS o‘rniga kelishi aytilayotgan edi. Xiroshi Lokxaymer esa bulardan ikkinchisini rad etdi: uning so‘zlariga ko‘ra, Fuchsia – shunchaki turli form-faktorlardagi qurilmalar bilan ishlash uchun tayyorlanayotgan tajribaviy operatsion tizimdir.

«Buning yangi Chrome OS yoki Android bo‘lib qolishi mumkinligidan ko‘pchilik xavotir olayotganini biz bilamiz, ammo Fuchsia unaqa emas. Eksperimental Fuchsia’dan maqsad – turli form-faktorlar, «aqlli uy» gadjetlari, taqiluvchi devayslar va, ehtimol, to‘ldirilgan va virtual reallik qurilmalari bilan ishlay olish. Ayni damda Android mobil qurilmalarda yaxshi ishlamoqda, ilovalar Chrome OS’da ham amalda. Fuchsia esa boshqa form-faktorlar uchun optimizatsiya qilinishi mumkin», – dedi Google vakili.

O‘QING: Huawei allaqachon bitta smartfonida mutlaqo yangi – Fuchsia operatsion tizimini sinamoqda!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!