Kalendarlaringizni belgilang: Galaxy A34 va Galaxy A54 qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi!

Kalendarlaringizni belgilang: Galaxy A34 va Galaxy A54 qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi!

Samsung kompaniyasi bir necha oylardan buyon o'zining Galaxy A seriyasidagi eng mahshur smartfonlarning yangi avlodi, Galaxy A34 va Galaxy A54 modellarini taqdim qilishi haqida mish-mish qilib kelinmoqda, biroq hali ham ular haqida hech qanday rasmiy ma'lumot berilmadi. Ehtimol, uzunquloq xabarlar tez orada yakun topadi yoxud Janubiy Koreya kompaniyasi yaqin kunlarda yangi smartfonlarni taqdim qilishni rejalashtirgan.

Taniqli "likster", ya'ni ma'lumot tarqatuvchisi, @OnLeaks, o'zining ishonchli manbalariga asoslanib xabar berishicha, Samsung o'zining Galaxy A34 va Galaxy A54 smartfonlarini 15-mart kuni taqdim qiladi.

Odatda Janubiy Koreya kompaniyasi o'zining har yilgi Galaxy A3X va Galaxy A5X smartfonlarini Galaxy A7X bilan birga taqdim qilar edi, lekin biz bu yilgi Galaxy A seriyasida yangi Galaxy A7X modelini ko'rmaymiz, chunki u haqida atigi bir marta, u ham bo'lsa smartfonning chiqarilmasligi haqida mish-mish qilindi. Galaxy A5X liniyasiga kelsak, u Galaxy A3X liniyasichalik ko'p sotilmaydi. Shularni hisobga olgan holda, Samsung o'zining Galaxy A34 va Galaxy A54 smartfonlarini taqdim qilish uchun taqdimot o'tkazadimi yoki ularni shunchaki matbuot bayonoti orqali e'lon qilish bilan cheklanadimi, bunisi hozircha noma'lum.

Mish-mishlarga ko'ra, Galaxy A54 smartfoni 6.4 dyuymli 120 gerts yangilanish tezligiga ega bo'lgan AMOLED displey bilan jihozlanadi. U 50 MP (f/1.8) asosiy kamera bilan birga 12 MP (f/2.2) ultra-keng va 5 MP makro kamera, hamda 32 MP old kameraga ega bo'ladi. Qurilma Exynos 1380 chipsetida 8 GB RAM va 256 GB xotira bilan One UI 5.1 operatsion tizimida ishlaydi.

Galaxy A34 modeliga keladigan bo'lsak, uning ekrani 6.6 dyuym o'lchamda 120 gerts yangilanish tezligiga ega AMOLED displey bo'ladi. Tasvirga olish borasida smartfonga 48 MP (f/1.8) asosiy, 5 MP makro va portret sensor bilan 13 MP selfi sensori joylashtirilgan. Qurilma MediaTek'ning Dimensity 1080 chipsetida 8 GB operativ va 256 GB doimiy xotirada ishlaydi.

Ikkala modellar ham 5000 mA/soat batareyaga ega bo'lishadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!