Kompyuter batareyasi (CMOS batareya)ni almashtirish

Kompyuter batareyasi (CMOS batareya)ni almashtirish

Kompyuterni yoqdingiz, u yerdagi kun va vaqtni bildiruvchi ma’lumotlar xato axborot bermoqda. Bu holatga ko‘pchilik unchalik e’tibor bermaydi va bu ma’lumotlarni to‘g‘irlab, ishlashda davom etaverishadi. Bu qandaydir dasturiy ta’minotning xatosi emas, sizning kompyuteringiz batareyasi (maqolada batareya deyilganda, noutbuk batareyasi emas, BIOS batareyasi nazarda tutiladi, SMOS batareya) ishdan chiqgan.

Yana bir holat, kompyuterdagi BIOS sozlashlari sizni qoniqtirmadi va siz o‘zingiz xohlagancha sozladingiz, kompyuter o‘chib yongandan keyin, BIOS sozlashlari yana eski holiga qaytib qoldi, siz yana to‘g‘irlaysiz, oldingi safar sozlashlarni saqlash esimdan chiqib ketibdi deb o‘ylaysiz. Bu sozlashlarni eski holatga o‘tib qolishi yoki o‘zgarib ketishi aynan kompyuter batareyasiga bog‘liq.

Batareya ishdan chiqganda, quyidagi xatolar chiqishi mumkin:

— bios cmos checksum error defaults loaded;

— bios cmos battery low cmos wrong memory size;

— no operating system;

— CPU overclocking failed;

— new CPU has been installed.

 

Agar bu xatolar chiqsa, yoki yuqoridagi holatlarga duch kelsangiz, bilinki, kompyuter batareyasini almashtirish kerak. Batareya Motherboard’da joylashgan bo‘lib, dumaloq ko‘rinishda bo‘ladi.

bios_bat_1

Batareyani almashtirish uchun, dastlab, uni kompyuter do‘konlaridan sotib oling (sotib olishda uning kuchlanishiga e’tibor bering, 3V bo‘lishi kerak). Shundan so‘ng, kompyuteringizni o‘chirib, ichini oching va batareyani toping (yuqoridagi rasm orqali bemalol topish mumkin).

So‘ng, uni chiqaring (chiqarish muammo emas, chiqaruvchi temirchasi bor), qolgan elementlarga zarar yetkazishdan ehtiyot bo‘ling.

bios_bat_3

Yangi batareykani o‘rnating, o‘rnatishda dastlab, batareykani chiqarish uchun yordam bergan temirchaning qarama-qarshi tomoniga tiqing, so‘ng temircha tomonini kiriting.

bios_bat_2

Shundan so‘ng, kompyuterni ishga tushiring va vaqt kunlarni o‘zgartirib, kompyuterni o‘chiring. Bir necha soatdan keyin(1, 2 soat yetarli) kompyuterni qayta yoqing va kun, vaqt haqida axborot beruvchi ma’lumotlarni tekshiring, agar o‘zgartirgan ma’lumotlaringiz saqlab qolingan bo‘lsa(vaqt masalasida, kompyuter o‘chiq holdagi vaqtni ham qo‘shib hisoblang), demak yangi batareya ishlamoqda.

Manba: ITportal.Uz