Mana u: Google Pixel 7 Pro ilk ko‘rinishi

Mana u: Google Pixel 7 Pro ilk ko‘rinishi

Android smartfonlar bozorining yetakchilaridan bo‘lgan Google Pixel'ning yangi avlodi, Google Pixel 7 Pro'ning 3D render suratlari va u haqidagi ma’lumotlar ishonchli manbalar tomonidan taqdimotidan oldin tarqatib yuborildi.

Rasmlarni bir ko‘rishda Pixel 7 Pro avvalgi Pixel 6 Pro'dan unchalik farq qilmasligini ko‘rishingiz mumkin, masalan kameralar joylashuvi dizayni saqlanib qolgan. 

Smartfon orqa panelidagi kattaroq ko‘rinish olgan kamera moduli taxminan asosiy, periskop telefoto va ultrakeng kamerani o‘z ichiga olgan bo‘lishi mumkin. Qurilmaning 6,7-6,8 dyuymli OLED displeyga ega bo‘lib, uning yuqori qismida yumaloq tirqishli selfi kamera joylashgan. 

Smartfon tag qismi esa ikkita stereo karnaylar va USB-C porti bilan ta’minlangan. Chap tomonda SIM karta solish joyi, o‘ng tomonda esa yoqish va ovoz balandlagich/pasaytirgich tugmalari joylashgan. Biroz bo‘rtib chiqqan ko‘rinishga ega kamera modulida mikrofon kabi bir nechta sensorlar mavjud. 

8.7mm qalinligi bilan Pixel 7 Pro qurilmasi 8.9mm qalinlikdagi Galaxy S22 Ultra'dan ko‘ra yupqaroq ekanligi aytilmoqda. Shuningdek, Google Pixel 7 Pro (163x76.6x8.7mm) avvalgi Google Pixel 6 Pro (163.9 x 75.9 x 8.9mm) ga qaraganda bo‘yiga kaltaroq, eniga esa kengroq va shu bilan birga biroz qalinroq ekanligi ham ta’kidlab o‘tilgan. 

Yakuniy mahsulot aynan shunday bo‘lishi noma’lum. Google yangi smartfonini oldingidek shu yilning oktyabrida taqdim qilishi mumkin. 

O‘QING: Test jarayonida OnePlus 10 Pro ikkiga bo‘linib ketdi (+video)