Meizu 20 Pro smartfoni AnTuTu sinovidan o'tdi!

Meizu 20 Pro smartfoni AnTuTu sinovidan o'tdi!

Uzoq tanaffusdan so'ng, Meizu kompaniyasi yangi flagman tayyorlamoqda. Yangi smartfonlar Meizu 20 seriyasi bo'lib, unda ikkita model Meizu 20 va Meizu 20 Pro bo'lishi tahmin qilinmoqda. Ular Snapdragon 8 Gen 2 bilan jihozlanadi va ehtimol, ularning biri allaqachon bu chipset bilan AnTuTu sinovidan ham o'tib ulgurgan.

Meizu 20 Pro ekanligi tahmin qilinayotgan m2391 model raqamli Meizu smartfoni Snapdragon 8 Gen 2 chipseti, hamda, 12 GB RAM va 512 GB xotira bilan AnTuTu benchmarkida 1,255,418 ballni qo'lga kiritdi. Bunda smartfonning protsessori 248,541, Adreno 740 grafik kartasi 570,255, LPDDR5X operativ va UFS 4.0 xotirasi 256,118, UX esa 180,504 ball to'plagan.

AnTuTu natijalari bilan birga, Internetda Meizu seriyasidagi smartfonning reklama posterining surati ham tarqatildi va u avval tarqatilgan renderlarni tasdiqlaydi.

Meizu 20 smartfonlari Android 13 ga asoslangan Flyme 10 operatsion tizimida ishlaydi. Mish-mishlarga ko'ra, uning tep-tekis ekrani 1,080×2,400 piksel o'lchamidagi 120 gerts yangilanishiga ega displey bo'ladi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra esa, ushbu ekran ostida super tezkor ultrasonik barmoq izi skaneri (0.075 sekundda ochiladi, hatto, barmoq ho'l bo'lgandan ham) joylashgan.

Shuningdek, Meizu yangi smartfonlar batareyasi 1600 kunlik batareya quvvatlanishi siklidan keyin ham o'zining 80% original kuchini saqlab qolishini ta'kidlaydi. Shuni ham aytish kerakki, Meizu 20 smartfonlari kompaniyaning infraqizil nur uzatuvchi ilk smartfonlari bo'ladi. Kompaniya smartfonlar uchun 36 oy kafolat beradi.

Meizu 20 seriyasi uchun allaqachon oldindan buyurtma berish boshlangan. Kompaniyaning ma'lum qilishicha, 55 soat ichida buyurtmalar soni 200 mingdan oshgan. Oldindan buyurtma berish 14-martgacha davom etadi, ya'ni Meizu 20 smartfonlari 14-martdan keyin taqdim qilinadi.

O'QING: Xiaomi flagmani va realme'ning eng tez quvvatlanadigan smartfoni O‘zbekistonga keladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!