Mi Band 5 ilk rasmiy suratda: Xiaomi uning namoyish sanasini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  1324
  •  08.06.2020 18:18

Mi Band 5 ilk rasmiy suratda: Xiaomi uning namoyish sanasini e’lon qildi

Xiaomi kompaniyasi navbatdagi smart-brasleti – Mi Band 5 modelini 11 iyunda taqdim etishi mumkinligi haqida yozgandik. “Xitoycha Apple” bugun rasmiy tizer bilan ushbu ma’lumotni tasdiqladi.

O‘QING: Xiaomi biryo‘la ikkita – Mi Band 5 hamda Mi Band 4C fitnes-bilaguzuklarini chiqaryapti

Kompaniyaning quyidagi posterida Mi Band 5 aqlli bilaguzugining namoyish kunidan tashqari, uning dizayni ham aks ettirilgan. Unga ko‘ra, ushbu aksessuar ko‘kish-kul rang, qizil, sariq va qora tasmachalar bilan taklif etiladi.

Xiaomi Mi Band 5 texnik xususiyatlari haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q, ammo insayderlar tarqatgan xabarlar mavjud. Ularga ko‘ra, bu fitnes-treker diagonaliga 1,2 dyuymlik ekran, butun dunyo bo‘yicha ishlovchi NFC moduli bilan ta’minlangan. Aqlli bilaguzuk jismoniy mashqlarning 11 xil rejimiga, qondagi kislorod miqdorini o‘lchovchi datchikka ega.

Yangi ma’lumot: Mi Band 5’ning xitoycha versiyasi Xiao AI ovozli assistentiga ega; uning Yevropa bozoriga mo‘ljallangan talqini esa Amazon Alexa bilan chiqariladi.

O‘QING: Rangdor ekranli, tag‘in arzon Redmi Band chiqdi: bu sizga Mi Band emas!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!