Nothing Phone 2 smartfoni Snapdragon 8 Gen seriyasidagi chipset bilan jihozlanadi

Nothing Phone 2 smartfoni Snapdragon 8 Gen seriyasidagi chipset bilan jihozlanadi

Barselonada bo'lib o'tayotgan Butunjahon mobil kongressida Nothing ham media e'tiboridan qolgisi kelmadi – kompaniya rahbari Karl Pey o'zining ikkinchi smartfoni haqida aytib berdi.

O'zining TechCrunch nashriga bergan intervyusida Karl Pey eng avvalo Phone 1 nusxasiga to'xtalib o'tdi. Karldan ularni ko'chirmachilik uchun sudga berish haqida so'ralganida u shunday javob berdi:

Yo'q. Ular juda kichkina. Albatta, bu hech kimga yordam bermaydi.

Karl Pey, shuningdek, kompaniyaning ikkinchi smartfoni, Nothing phone (2) haqidagi kichik ma'lumotlarni ulashib o'tdi.

– Phone (2) haqida nima deya olasiz?

– Biz [Snapdragon] 8 seriyasidan foydalanamiz. Avvalroq, men bu premium qurilma bo'lishini aytgandim. Ammo biz bu Qualcomm yoki MediaTek bo'lishini rasman tan olmagan edik.

Afsuski, Karl bundan boshqa tafsilotlarni ochiqlamagan. Ehtimol, U aytib o'tgan Qualcomm chipseti Snapdragon 8 Gen 2 bo'lishi mumkin, chunki bugungi kunda ko'plab premium smartfonlar ana shu chipset bilan jihozlanmoqda.

Qolaversa, Nothing Phone 2 smartfoni Qo'shma Shtatlar uchun ham chiqarilishini Karl Peyning o'zi rasman tasdiqlagan. Smartfonning qachon chiqarilishiga keladigan bo'lsak, bu joriy yilning uchinchi choragida sodir bo'lishi mumkin.

Shuningdek, kompaniya rahbari o'zlarining yangi avlod smartfoni ko'proq dasturiy ta'minotga e'tibor berilgan holda chiqarilishini aytadi.

Ha, aytgancha, Nothing'dan buklamafon kutmang, chunki Karl Pey bunday smartfonlar "foydalanuvchilar muammolarini hal qilmaydi" deb o'ylaydi.

O'QING: Motorola'ning afsonaviy Rizr brendi konsept smartfon ko‘rinishida qaytmoqda!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.