Noutbuk bilan tez-tez sodir bo‘ladigan muammolar va ularning yechimi

Noutbuk bilan tez-tez sodir bo‘ladigan muammolar va ularning yechimi

Noutbuk foydalanuvchilari kundan-kunga ortib bormoqda, bu ortish oddiy statsionar kompyuter foydalanuvchilariga qaraganda ancha tezlikda amalga oshirilmoqda. Shu sababli, maqolalarni ham ko‘proq noutbuklar haqida yozishga harakat qilib, undan to‘g‘ri foydalanishingiz uchun maslahatlar bermoqdaman.

Noutbukdan to‘g‘ri foydalanish juda muhim, sababi bu qurilma ancha nozik bo‘lib, narhi ham qimmat, uning ichidagi elementlarni topishni gapirmasa ham bo‘ladi. Shunday ekan, berayotgan maslahatlarimga amal qilgan holda bu qurilmadan foydalanishga harakat qiling. Maqolada, noutbuk bilan sodir bo‘ladigan asosiy muammolarni yig‘dim, oldingi maqolalarda bular haqida yozgan bo‘lsam ham, umumiylashtirib muammolarni bir joyga to‘pladim.

Noutbuk bilan sodir bo‘ladigan muammolar unchalik ko‘p emas, lekin mavjud muammolar ko‘p hollarda uchrab turishi, foydalanuvchilarning asablashishiga sabab bo‘ladi. Quyida, Noutbuk bilan tez-tez sodir bo‘lib turadigan muammolar ro‘yxati va qisqacha yechimini yozib o‘taman.

1. Eng mashhur muammo albatta, noutbuk klaviaturasiga suyuq moddaning to‘kilishidir, bu muammoning yechimini noutbukka suyuqlik to‘kilsa, nima qilish kerakligi haqida nomli maqolada keltirib o‘tdim, noutbuk klaviaturasi umumiy hisoblanib, barcha elementlarga bog‘liq bo‘ladi, bu butun boshli qurilmani buzilishiga olib keladi. Statsionar kompyuterlarda bu unchalik vahimaliy holat emas, uzog‘i bilan klaviaturani almashtirishingiz mumkin, lekin butun boshli kompyuter o‘z ishini davom ettiraveradi. Shunday ekan, noutbuk yonida suyuqliklar turishidan saqlaning.

tea_note

2. Noutbuk ekran matritsasining sinishi. Bu ko‘p hollarda e’tiborsizlik natijasida sodir bo‘ladi. Klaviatura yoki tochped ustida biror jismni qoldirasiz va noutbukni kuch bilan yopib qo‘yasiz, qarabsizki ekran matritsasi rasvo bo‘ladi. Undan tashqari ekrandagi changni artaman deb, qattiq kuchanasiz va… Bu matritsani almashtirish, arzon xizmat emas va tez bajariladigan ish ham emas, asosiysi bunday mutaxassisni topish muammo.

matritsa_note

clean_note

3. Noutbukni olib yurish qoidasiga rioya qilmaslik. Buning natijasida noutbukka fizik zarar yetadi, ichidagi shleyflar chiqib ketishi, portlar ishsiz holatga kelib qolishi mumkin. Noutbukni qanday olib yurish haqida noutbukdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha maslahatlar maqolada keltirib o‘tganman.

4. Noutbukning qizishi, ko‘pchilik e’tibor bermaydigan hodisa. Noutbuk qizidimi, barcha ishlaringizni yig‘ishtirib, shu muammoni hal qiling, havo teshiklariga e’tibor bering, qayerda joylashganiga ahamiyat bering, xullas yechimi Noutbukdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha maslahatlar maqolada.

fire_note

5. Noutbuk quvvat manbai (blok pitaniya) blokini ishdan chiqishi. Bu muammo o‘zimda ham bo‘lgan, elektr toki manbaida ko‘p qolib ketishi, kuchlanishni darhol o‘zgarishi, sifatsiz quvvat manbai blokini ishlatish bunga sabab bo‘lishi mumkin. Undan tashqari quvvat bloki simlarini bir tekis emasligi (sifatsiz) ham bunga sabab bo‘lishi mumkin. Bu blok ham arzon narsa emas, shuning uchun biroz hid chiqdimi darhol quvvat blokini tok manbaidan uzib, fizikaning elektr bo‘limini tushunadigan odamga ko‘rsating.

6. Drayverlarning topish muammoligi. Noutbuk bilan birga berilgan drayverlar diski yo‘qolib qolsa, elementlarning o‘z drayverlarini topish muammo bo‘ladi. Topish mumkin, lekin haqiqiy o‘ziniki bo‘lmasligi mumkin, tushishga tushaveradi, lekin element o‘z vazifasini to‘liq bajara olmasligi mumkin. Drayverlarni faqat rasmiy saytlardan ko‘chirishga odatlaning.

7. Windows XP operatsion tizimini o‘rnatishda muammo. Yangi noutbuklarga aynan Windows XP tizimini o‘rnatish muammo bo‘lishi mumkin. Chunki, Windows XP  yangi SATA kontrollerlarni tushunmaydi, buning yechimi, BIOS orqali Native Mode’ni Compatible Mode’ga o‘zgartirishdir, yoki AHCI’ni IDE qilish lozim.

8. Tachpad (noutbuk sichqonchasi) ishlamasligi. Odatda bu muammo drayver qo‘yilmagan, yoki mos tushmaganligidan bo‘ladi. Yana bir sababi bu element operatsion tizim orqali o‘chirilgan yoki Tachpad’ga fizik jihatdan zarar yetkan bo‘lishi mumkin.

touchpad

Ko‘rib turganingizdek, barcha muammolarning sababchisi noutbuk foydalanuvchisidir. Shunday ekan, bu jihoz bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘ling. Eng qizig‘i shuki, shuncha muammosi bo‘lsa ham, jihoz, qimmat turadi, undan ham qizig‘i ko‘pchilik shuni olishga intilmoqda.

Manba: ITportal.Uz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!