OnePlus 11 Pro sifatli renderlarda tarqatildi

OnePlus 11 Pro sifatli renderlarda tarqatildi

Xitoyning OnePlus smartfon brendi joriy yil boshida o'zining OnePlus 10 Pro smartfonini taqdim qilgan edi. Kompaniya yana OnePlus 10R va OnePlus 10T modellarini ham chiqardi. 2022-yil uchun OnePlus 10 seriyasidagi asosiy modellar taqdim qilib bo'lingan ekan, kompaniya endilikda navbatdagi flagman seriyasi OnePlus 11 uchun tayyorgarlik ko'rmoqda. 

Yaqinda OnePlus o'zining yangi avlod flagmani, OnePlus 11 Pro modelini keyingi yilga qoldirmasdan, Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 chipsetini taqdim qilishi bilan chiqarishi xabar qilingan edi. Bugunga kelib, uning sifatli renderlari internetda tarqatib yuborildi.

Stiv Xemmerstoffer (@OnLeaks) va Smartprix orqali taqdim qilinayotgan renderlarga qaraganda yangi avlod OnePlus smartfoni chap tomondan chiqqanga o'xshaydigan yumaloq shakldagi yangicha kamera oroliga ega bo'ladi. Uning ichida esa uchta kamera va LED chiroq uchun to'rtta joy mavjud bo'lib, markazda Hasselblad logotipi o'rnatilgan bo'ladi. Bu kompaniyaning Hasselblad brendi ostidagi kameralar bilan chiqaradigan so'nggi flagmani bo'lishi mumkin, chunki ular o'rtasidagi uch yillik hamkorlik keyingi yili tugaydi.

OnePlus 10T va OnePlus 10R modellari "trevoga" slayderiga ega emas edi. Ammo, OnePlus 11 Pro renderlarida uning qaytishini ko'rishimiz mumkin. Selfi kameraga keladigan bo'lsak, u ekranning chap yuqori burchagida, yumaloq teshik ichida joylashgan.

Afsuski, qurilmalaning ichki qismlari haqida hozircha ma'lumotlar mavjud emas. Yuqorida aytildanidek, OnePlus 11 Pro shu yil oxirlarida, Snapdragon 8 Gen 2 chipseti bilan chiqarilishi mumkin. Albatta, u Android 13 o'rnatilgan holda kelishi kutilmoqda.

O'QING: Galaxy S23 Ultra kamerasi haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!