Orziqib kutilgan Redmi K30 namoyish qilindi: 5G-versiyasi atigi 285 dollardan!

  •   DiMaX
  •  2989
  •  10.12.2019 14:50

Orziqib kutilgan Redmi K30 namoyish qilindi: 5G-versiyasi atigi 285 dollardan!

Xiaomi korporatsiyasining subbrendi bugun yirik taqdimot marosimi doirasida boyagina RedmiBook 13 noutbukini ko‘rsatgan edi. Endi esa navbat Redmi K30 rusumli 5G-flagman hamda uning 4G-versiyasiga keldi.

O‘QING: Redmi K30 yanada arzon versiyada ham chiqadi-yu, bittagina «lekin»i bor-da...

Taqdimotda yangi flagmanni ko‘proq asosiy raqobatchisi – Honor V30 bilan taqqoslab ko‘rsatishdi.

Shunday qilib, Redmi K30 smartfoni Qualcomm kompaniyasining 7 nanometrlik Snapdragon 765G protsessori bazasiga qurilgan. Uning ekrani diagonaliga 6,67 dyuymlik, tomonlari o‘zaro 20:9 nisbatda.

Honor V30 bilan solishtirganda, Redmi K30 old kamerasi uchun displeyda ochilgan tirqish ancha ixcham, buni quyidagi rasmda ko‘ramiz:

Ekran romining pastki qismi atigi 4,25 millimetr qalinlikda:

Redmi K30 smartfoni yana displeyning yangilanish chastotasi bilan ham maqtana oladi. Honor V30 modelida bu ko‘rsatkich 60 gers bo‘lsa, Xiaomi’ning yangi flagmanida ikki karra yuqori – naq 120 gersga teng!

Smartfon orqa panelida doirasimon blokka tikka joylangan to‘rt modulli kameraga ega. Daktiloskopik datchik esa korpusning yon qirrasiga ko‘chirilgan.

O‘QING: Samsung kompaniyasi 108 MPlik kamera borasida Xiaomi’ni boplagan ekan!

Redmi K30 bosh kamerasining asosiy sensori – 64 megapiksellik Sony IMX686 datchigidir. Hatto yetarli yoritilmagan sharoitlarda ham u yaxshi rasmga tushira oladi:

Biroq unda olingan suratlarni Honor V30’da olingan rasmlar bilan taqqoslashda aytarli ustunlik sezilmagan:

Redmi K30 akkumulyatorining tok sig‘imi 4500 mA/soatlik bo‘lib, 30 vattlik texnologiya asosida uni atigi 66 daqiqada to‘la quvvatlash mumkin.

Smartfon quloqchin uchun standart – 3,5 millimetrlik audiotirqishga hamda zamonaviy USB-C portiga ega. Redmi K30 kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC moduli bilan jihozlargan, yana Hi-Res Audio texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Redmi K30 quyidagi to‘rt xil rangda taklif etiladi:

Flagmanning standart 5G-versiyasidan tashqari, Redmi K30 4G versiyasi ham taqdim etildi. Uning “elektron yuragi” – Snaprdagon 730G protsessoridir. Quyidagi suratda ularning qolgan farqlarini ko‘rish mumkin: kamerasining uchinchi datchigi 5 emas, balki 2 megapiksellik; zaryadlanish quvvati 30 vattlikdan 27 vattlikka tushirilgan.

5G-versiyadagi Redmi K30 smartfonining boshlang‘ich – 6/64 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega varianti atigi 285 dollarga narxlangan. Xotira konfiguratsiyasiga ko‘ra boshqa variantlarining narxlari quyida ko‘rsatilgan; ulardan eng qimmati – 8/256 gigabaytligi 410 dollar turadi:

4G-versiyadagi Redmi K30 esa yanada arzon – 6/64 gigabaytligi bor-yo‘g‘i 225 dollar, 8/256 gigabaytligi esa 310 dollar.

Taqdimot marosimi ayni damda hali davom etmoqda, unda yana Redmi brendining ilk smart-kolonkasi hamda routeri ko‘rsatilishi, shuningdek, Mi Mix 4 hamda Pocophone F2 flagmanlarining ham anonsi berilishi kutilmoqda. Xiaomi’ning xavfli radiatsiya nurlarini tarqatmaydigan ayrim telefonlarini esa 810 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan sotib olish mumkin.

O‘QING: Xiaomi yangi flagmanida «yashirin kamera» qanday ishlashini ko‘rsatib berdi («jonli» surat)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!