O‘zbekiston fuqarosi terrorizmni targ‘ib qiluvchi postlari uchun Rossiyada 5,5 yilga qamaldi

  •   DiMaX
  •  605
  •  14.01.2020 11:52

O‘zbekiston fuqarosi terrorizmni targ‘ib qiluvchi postlari uchun Rossiyada 5,5 yilga qamaldi

Rossiya Federatsiyasi harbiy sudi 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Shermuhammad Shamsiddinovni ijtimoiy tarmoqlarda terrorizmni targ‘ib qiluvchi materiallar joylashtirgani uchun 5,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu Rossiya Federatsiyasi bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabariga tayanib Daryo nashri yozmoqda.

O‘QING: Telegram’dagi terrorchilar Alisher Usmonov kompaniyasiga qarashli messenjerga ko‘chib o‘tishgan!

Xabarda aytilishicha, 2016 yil iyuldan 2018 yil iyuniga qadar Shermuhammad Shamsiddinov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida «terroristik tashkilotlar faoliyatini oqlash, zo‘ravonlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, terrorchilik harakatlari zarurligini asoslash, shuningdek, terrorchilik tashkilotlariga qo‘shilishga chaqiriqlar» bo‘lgan audio va videofayllarni joylashtirgan.

Sud uni Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi 205,2-moddasi 2-qismi (Terrorchilik faoliyatini amalga oshirishga chaqirish, terrorizmni oqlash va internet axborot-telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalangan holda terrorizmni targ‘ib qilish)da aybdor deb topdi. O‘zbekistonlik yigit jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tashi belgilandi, unga uch yil davomida saytlarni yaratish va boshqarish bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlandi.

Hukm hali qonuniy kuchga kirmagan, deyiladi xabarda.

O‘QING: Telegram’da «Jihodchilar» ma’ruzalarini tarqatgan qo‘qonlik yigitga jazo tayinlandi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!