Xiaomi Mi CC9 Pro qaysi protsessorda ishlashi aytildi

Xiaomi Mi CC9 Pro qaysi protsessorda ishlashi aytildi

Xiaomi Mi CC9 Pro 5 noyabr kuni taqdim etilishi rejalangan.

Hozirga qadar kompaniya gadjetning bir necha texnik jihatlari, jumladan, 32MP selfi kamera, 5260 mA/soatli akkumulyator va 30 vattlik tez quvvatlash imkoniyati haqida ma’lumot berdi. Bugun esa smartfonga qaysi protsessor o‘rnatilganligi aytildi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.

Bundan oldingi mish-mishlarni tasdiqlagan holda, kompaniya Weibo'dagi postida Mi CC9 Pro Snapdragon 730G chipi bilan jihozlanganini e’lon qildi. Bu esa smartfonning Snapdragon 855+ protsessorida ishlashini kutayotganlarning hafsalasini pir qildi.

Yana bir postda esa, yangi bildirshnoma kelganda ekranning chetlari yonishi ko‘rsatilgan GIF taqdim qilindi.Mi CC9 Pro'ning taqdimotiga sanoqli kunlar qoldi, ammo ungacha besh kamerali bu smartfonning yana bir nechta xususiyatlari oshkor qilinishi mumkin. Tafsilotlarni biz bilan kuzatib boring.

Hasanboy Umarov tayyorladi.

O‘QING: Xiaomi Mi Note 10 (yoki CC9 Pro) smartfonining kamera xususiyatlariga tavsif berildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!