Realme tez orada 90 gers ekranli smartfon chiqaradi

Realme tez orada 90 gers ekranli smartfon chiqaradi

Agar yangilanish chastotasi 90 gers bo‘lgan ekranga ega smartfon qidirayotgan bo‘lsangiz, oldingizda OnePlus 7 Pro, nubia red magic 3 va red magic 3s kabi tanlovlar bor. Google o‘zining qo‘shaloq Pixel 4 telefonini taqdim qilishi hamda OnePlus 7T/7T Pro'larning sotuvga chiqarilishi bilan esa ro‘yxat yana kengayadi. Bundan tashqari, Oppo'dagilar ham 90 gers ekranli smartfon taqdim qilinishi haqida ma’lum qildi. Demak, yuqoridagi ro‘yxatdagi ishlab chiqaruvchilar qatoriga endi Realme'ni ham qo‘shsak bo‘ladi.

Realme'ning Mahsulotlar bo‘yicha menejeri Uang Derek kompaniyaning 90Hz displeyli smartfoni o‘zini uzoq kuttirib qo‘ymasligi haqidagi ma’lumotni Weibo orqali tasdiqladi. Derek telefonning hech qanday texnik jihatini oshkor qilmagan bo‘lsa-da, gadjetning OnePlus 7'ga nisbatan arzonroq bo‘lishini yozgan.Bu yangi qurilma 6,4 dyuymli FHD+ AMOLED displeyga ega bo‘lishi taxmin qilinayotgan Realme XT Pro bo‘lishi mumkin.

Yana mish-mishlarga ko‘ra, XT Pro Snapdragon 730G protsessorida ishlab, 8GB tezkor va 128GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi.

Kameralar qatoriga esa 32 megapikselli selfi; 64 megapikselli asosiy, 8MP o‘ta keng burchakli, 2MP makro va 2MP sath kameralari kiradi.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, smartfonda, shuningdek, NFC, keyingi avlod ekranosti barmoq izi skaneri, 4,000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bo‘lib, 30 vattli tezkor zaryadlash texnologiyasi ham qo‘llab-quvvatlanadi.

O‘QING: Realme Q Snapdragon 712'ga ega bo‘ladi