Samsung «avtonomlik monstri» – hamyonbop smartfonini allaqachon ishlab chiqara boshladi («jonli» rasmlar)

  •   DiMaX
  •  1854
  •  30.12.2020 15:05

Samsung «avtonomlik monstri» – hamyonbop smartfonini allaqachon ishlab chiqara boshladi («jonli» rasmlar)

Janubiy koreyalik texnogigantning Samsung Galaxy M12 smartfoni oldinroq sertifikatsiyadan o‘tgani haqida yozgan edik. Yaqinda esa ushbu kvadrokamerali qurilma Geekbench sinovida ham ko‘rinish bergan.

O‘QING: Samsung Galaxy A42 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Galaxy M12 qurilmasining asosiy o‘ziga xosliklaridan biri – uning naq 7000 mA/soatlik akkumulyatoridir. Uning korpusida kvadrokamera, 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi hamda USB-C porti ham bo‘ladi.

Insayderlarning xabar berishlaricha, Samsung allaqachon Hindistonning Noyda shahridagi zavodida Galaxy M12 modelini ommaviy ishlab chiqarishga kirishgan. Buning isboti sifatida esa gadjetning korpusi aks etgan quyidagi «jonli» suratlarni tarqatishmoqda:

Korpus rasmiga qarasak, Galaxy M12 haqida oldin tarqalgan ma’lumotlarda aks etganidek, uning old kamerasi uchun tomchisimon kemtikni ko‘ramiz. Ikkinchi suratda esa modelning nomi – «M12» yozuvi ham tushirilgan.

Shu bilan birga, Samsung India saytida model raqami SM-M12FG / DS bo‘lgan Galaxy F12 smartfonini qo‘llab-quvvatlash sahifasi ham paydo bo‘lgan. Bu qurilma o‘sha Galaxy M12 modelining global versiyasi bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: Bo‘lajak bestseller – arzon Galaxy A72 taqdimot oldidan Geekbench’da imtihon topshirdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!