Telegram yuzerneymlari auksioni uchun tayyorgarlik avjida!

Telegram yuzerneymlari auksioni uchun tayyorgarlik avjida!

Telegram tez orada yuzerneymlar auksionini ishga tushiradi. Messenjer rahbari bu haqida bir necha oy avval ma'lum qilgan edi. Endi platformaning foydalanuvchi nomlari bo'yicha rasmiy Telegram kanalining xabar berishicha, ishlab chiqarish deyarli yakuniga yetgan.

Yuzerneymlar auksioni ishga tushirilishi arafasida Android uchun Telegram'ning navbatdagi beta versiyasi bir qancha o'zgarishlar bilan chiqarildi. Yangi versiyada bitta akkaunt bilan bir nechta yuzerneymlarga egalik qilish imkoniyati paydo bo'lgan.

Bunda siz bitta akkauntga bir nechta foydalanuvchi nomlarini ulashingiz va ular orasidan faqat bittasini asosiy qilib belgilashingiz mumkin bo'ladi. Qolgan yuzerneymlar esa ikkinchi darajali bo'lib, ular ham profilda, asosiy yuzerneym ostida "shuningdek" yozuvidan keyin ko'rinib turadi (yoki ko'rinmaydigan qilsa ham bo'ladi).

Hozirda ushbu funksiya test jarayonida bo'lib, u hali beri to'liq ishga tushirilmagan. Band qilish mumkin bo'lgan yuzerneymlar soni, ularning kanal yoki guruhlar uchun amal qilishi haqidagi ma'lumotlar hozircha aniq emas. Shuningdek, bittadan ortiq foydalanuvchi nomlariga egalik qilish uchun Premium obuna talab qilinadimi-yo'qmi, bunisi ham biroz qorong'u. 

Ma'lum bo'lishicha, ushbu o'zgarish tez orada ishga tushirilishi kutilayotgan Telegram yuzerneymlari auksioni bilan bog'liq. Aytish kerakki, ushbu auksionda siz qisqa harfli, jozibali foydalanuvchi nomlarini TON kriptovalyutasi bilan sotib olish imkoniga ega bo'lasiz. Bunda sizning yuzerneymga egalik huquqingiz NFT'ga o'xshash blokcheyn texnologiyasi bilan himoyalanadi va bir necha kun avval Telegram o'zining ana shunday "aqlli kontrakt"ini ommaga chiqardi. Uning zaif tomonini Toshkent vaqti bilan 25-oktabr, soat 19:00 gacha topganlarga esa 200 dollardan, 50 ming dollargacha mukofot puli berilishi va'da qilingan.

O'QING: Telegram yuzerneymlari auksionga chiqarildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!