Telegram Desktop 1.3 talqinida chiqdi – unda ko‘plab yangi imkoniyatlardan bahra oling!

  •   DiMaX
  •  1362
  •  01.06.2018 12:20

Telegram Desktop 1.3 talqinida chiqdi – unda ko‘plab yangi imkoniyatlardan bahra oling!

Garchi Rossiyada bloklangan, ko‘p hududlarda ba’zida muammolar bilan ishlayotgan bo‘lsa-da, Telegram jamoasi bu messenjerni takomillashtirishda davom etmoqda. Jumladan, yaqindagina uning «yashil robotchali» qurilmalar uchun taqdim etilgan kliyenti yangilangan edi.

O‘QING: Telegram’ning Android-ilovasi yangilandi – endi begona kontaktlardan qutulish yanada oson!

Endi esa kompyuter va noutbuklarda foydalanish uchun ishlab chiqilgan Telegram Desktop dasturi ham barqaror 1.3 talqiniga qadar yangilandi. Unda quyidagi o‘zgarishlar joriy etilgan:

  1. Senzurani aylanib o‘tish jihozlari yaxshilangan.
  2. Ilova proksi orqali yanada barqaror ishlaydigan bo‘lgan.
  3. Telegram Desktop’da endi bir nechta proksi-serverni saqlab qo‘yish hamda sozlamalar orqali ularning biridan boshqasiga tezkor o‘tish mumkin.
  4. Endi Telegram orqali qo‘ng‘iroqlarda ham proksini qo‘llash mumkin.
  5. Tezkor avtomatik almashtiruv endi siz matn terayotganingizdayoq ishlaydi – uni jo‘natganingizdan keyin emas! Avtomatik almashtiruvni esa klaviaturangizdagi «Backspace» tugmachasi yoki «Ctrl/Cmd + Z» tugmachalar kombinatsiyasi orqali bekor qilish mumkin. Nusxalab olib tashlangan matnga esa avtomatik almashtiruv funksiyasi ta’sir etmaydi.

O‘QING: Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun tugmachalar kombinatsiyalari

  1. Matnni tezkor formatlash uchun endi tezkor tugmachalardan foydalanish mumkin.
  2. Telegram Desktop endi avtomatik tarzda MTProto protokoli bo‘yicha yangilana oladi.
  3. Matnda *, _ va ` kabi belgilar orqali Markdown-formatlash xabarni jo‘natish paytida qo‘llanadi.
  4. Dasturning ochilishidagi bosh ekranida Telegram servisidan Foydalanish shartlariga eltuvchi havola qo‘shilgan.
  5. Qo‘ng‘iroqlarda ulanish sifati chiziqchalar shaklida (xuddi smartfondagi antenna – uyali aloqa signalining sifati kabi) aks etib turadi.
  6. Botlar profillarida /privacy buyrug‘iga havola aks etib turadi.
  7. Yozishmalarda, agarda suhbatdoshingiz postni biror kanaldan ulashib jo‘natgan bo‘lsa, yonida Quick Share tugmachasi chiqib turadi.
  8. Agarda xabarni tahrirlash jarayonida matnni butkul o‘chirib, «Enter»ni bossangiz, ilova sizga xabarni butunicha o‘chirishni taklif qiladi.
  9. Boshqa tuzatish va yaxshilashlar amalga oshirilgan.

O‘QING: Telegram’ni kod-parol yordamida himoya qilishni bilasizmi?

Telegram Desktop dasturini messenjerning rasmiy saytidan mana bu havola orqali ko‘chirib olib o‘rnatishingiz mumkin. Agarda allaqachon kompyuter yoki noutbukingizda bu ilovadan foydalanayotgan bo‘lsangiz, uni yangilab oling va yangi imkoniyatlardan bahramand bo‘ling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!