Telegram’ning ommabop funksiyasini WhatsApp o‘g‘irlab, keyin yana yashirib qo‘ydi!

  •   DiMaX
  •  976
  •  25.06.2020 12:04

Telegram’ning ommabop funksiyasini WhatsApp o‘g‘irlab, keyin yana yashirib qo‘ydi!

WhatsApp dunyodagi eng ommalashgan messenjer bo‘lsa-da, raqiblarida mavjud bo‘lgan ayrim funksiyalar unda yo‘q. Lekin uning beta-versiyalarida Telegram foydalanuvchilariga allaqachon taqdim etilgan yangi opsiya paydo bo‘lgan.

O‘QING: WhatsApp’dagi kontaktlar va yozishmalar Google’ga chiqib ketdi!

Bu – animatsiyali stikerlar bo‘lib, ular suhbatdoshga jo‘natilganidan keyinoq harakatga keldi. Keyin esa, foydalanuvchini chalg‘itmaslik uchun, yana chat oynasini surguncha harakatdan to‘xtab turadi.

Jonlantirilgan stikerlar funksiyasi Android uchun 2.20.194.7 raqamli va iOS uchun 2.20.70.26 raqamli beta-versiyalarda paydo bo‘lgan. Yanayam qizig‘i – sinab ko‘rish boshlangach, v2.20.194.9 talqinida bu funksiya yashirib qo‘yilgan. Animsiyali stikerlar barcha yuzerlarga qachon taqdim etilishini WhatsApp ma’muriyati hozircha aytmagan.

O‘QING: Zoom ham, Skype ham kerak emas: WhatsApp’da endi 50 kishilik videokonferensiya qila olasiz!

WhatsApp ilovasida avvalroq beshta «jonli» stikerlar to‘plamlari ko‘zga tashlangan edi: Playful Piyomaru, Rico's Sweet Life, Moody Foodies, Chummy Chum Chums va Bright Days. Lekin ularni ilova menyusi orqali faollashtirib bo‘lmaydi, faqat boshqa foydalanuvchilardan kelsagina saqlab olish mumkin.

Ta’kidlash o‘rinliki, Telegram asoschisi Pavel Durov WhatsApp hech qachon xavfsiz bo‘la olmasligini aytgan va sababini tushuntirgan. Bundan tashqari, u yana bir yirik servis haqida jiddiy bayonot bilan chiqish qilgan...

O‘QING: Ushbu 17 ta ilovani smartfoningizdan hoziroq o‘chirishingiz kerak!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!