Telegram'ning yangi versiyasida bizni nimalar kutmoqda?

Telegram'ning yangi versiyasida bizni nimalar kutmoqda?

Barchamiz sevib foydalanadigan Telegram messenjeri deyarli har oyda yangilanishlar bilan o‘z funksionalligini kengaytirib boradi. O‘tgan oy yangilanishida yuklanmalar menejeri, yangi biriktirmalar menyusi kabi ajoyib o‘zgarishlar taqdim qiligan edi. Izlanishlarimizga ko‘ra, tez orada Telegram uchun navbatdagi yangilanish chiqariladi va unda anchadan beri sinab kelinayotgan quyidagi funksialar mavjud bo‘ladi:

Veb-botlar

Kelasi yangilanishning eng muhim o‘zgarishlaridan bo‘lishi kutilayotgan yangilik - veb-botlarning qo‘shilishi bo‘lib, bunday botlar foydalanuvchilarga uchinchi tomon saytlarini messenjerdan chiqmasdan turib ochish imkonini beradi. Afsuski, hozircha ular haqida batafsil ma’lumot mavjuda emas.

Xabarlarni avtomatik o‘chirish muddatini belgilash

Shaxsiy chatlar, kanallar va guruhlarda xabarlarni avtomatik o‘chirish xususiyati o‘tgan yil boshida taqdim qilingan edi, ammo, shu vaqtgacha faqat uch xil variantdagi muddatni tanlash imkoni bor edi xolos. Endilikda yangi versiya foydalanuvchilari xabarlarni avtomatik o‘chirish muddatini yanada aniqroq belgilay oladigan bo‘ladilar.

Bildirishnomalarni vaqtinchalik o‘chirish vaqtini belgilash va boshqalar

Yangi versiyada chatlar uchun bildirishnomaning faqat ovozini o‘chirish, bildirishnomalar jo‘natilishini istalgan vaqtga o‘chirish (avval faqat uch xil tanlov bor edi xolos), chat uchun bildirishnoma sozlamalarini ochish tanlovlari qo‘shilgan.

Shuningdek, kelasi versiyada foydalanuvchilar bildirishnomalar uchun o‘zlarining audiolarini yuklashlari yoki allaqachon yuklangan audio fayllarni tanlashlari mumkin bo‘ladi.

Qadalgan xabarlarda tugmalar

Endilikda botlar bilan yaratilgan URL tugmali xabarlar qadab qo‘yilganida ham ularning tugmalari ko‘rinib turaveradi.

Bir chatdan boshqasiga bir nechta xabarlar yuborilsa va ularni ichki javoblari saqlanib qoladi.

Barcha botlar profilida ularni guruh yoki kanalga tezkor qo‘shish uchun maxsus tugmaga ega bo‘ladilar.

Raqamni alishtirish sahifasi uchun yangilangan dizayn

Shuningdek, bo‘lajak versiyada PIP (picture-in-picture) videolari qirralari yumaloqlangan bo‘lib, endi bunday videolar o‘lchamini kengaytirish ham mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Google Play'da tozalash ishlari olib boriladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!