Tesla, SpaceX, ana endi Twitter ham!

Tesla, SpaceX, ana endi Twitter ham!

Bugungi kunning eng boy odami bo‘lgan Ilon Mask Twitter kengashiga ijtimoiy tarmoqni to‘liq sotib olish uchun o‘zining "eng zo‘r va oxirgi" taklifini ma’lum qildi, deya xabar qilmoqda Bloomberg nashri. Milliarder kompaniyaning har bir ulushi uchun $54.20 (jami 43 milliard dollar) bermoqchi va uning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq kompaniyasi xususiylashtirilishi kerak:

"Men Twitter'ga sarmoya kiritdim, chunki uning butun dunyo bo‘ylab so‘z erkinligi platformasi bo‘lish potensialiga va so‘z erkinligi amaldagi demokratiya uchun ijtimoiy zarurat ekanligiga ishonaman.
Biroq, sarmoya kiritganimdan beri men kompaniyaning hozirgi ko‘rinishida na gullab-yashnashiga, na ijtimoiy imperativga xizmat qilishiga ishonaman. Twitter xususiy kompaniya sifatida o‘zgarishi kerak.
Natijada, men Twitter'ning 100% ulushini 54,20 dollardan naqd pulga sotib olishni taklif qilaman. Bu mening eng yaxshi va yakuniy taklifim bo‘lib, agar u qabul qilinmasa, men aksiyador sifatidagi pozitsiyamni qayta ko‘rib chiqishim kerak.
Twitter ajoyib salohiyatga ega. Men uni qulfdan chiqaraman." deydi Ilon Mask o‘zining Twitter kengashiga yo‘llagan xabarida.

Bloomberg nashriga ko‘ra, Mask'ning bugungi kundagi boyligi $260 milliardni tashkil qiladi va u hozirda Tesla, SpaceX, The Boring Company va Neuralink kompaniyalariga rahbarlik qiladi. Uning Twitter'ni sotib olishi taklifidan keyin ijtimoiy tarmoq kompaniyasi aksiyalari 18% ga oshib ketgan.

Ilon Mask aprel oyining boshida Twitter'ning salkam 10% ulushini deyarli 3 milliard dollarga sotib olib ijtimoiy tarmoq kompaniyasining eng katta aksiyadoriga aylangan edi. Shundan keyin milliarderga Twitter direktorlar kengashiga qo‘shilish taklif qilindi, lekin so‘nggi soniyalarda Ilon Mask bu taklifni rad qildi.

O‘QING: Ilon Mask Twitter'ga o‘zgartirish kiritishni boshlab yubordi!

 
 
 
 
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.