TOP-10: Ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydigan smartfonlar

  •   DiMaX
  •  5354
  •  20.03.2020 14:15

TOP-10: Ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydigan smartfonlar

Ishlatilgan smartfonni kishi biror yaqiniga sovg‘a qilishi yoki ikkilamchi bozorda sotishi mumkin. Yaqinda biz shunaqa hollarda iPhone’lar hamda Android-telefonlarning arzonlashib borish ko‘rsatkichlarini e’lon qilgan edik.

O‘QING: Tutib, tutib soting: tutilsa ham qiymatini yo‘qotmaydigan smartfonlar bor

Xitoyning tutilgan smartfonlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Recycling Bao platformasi hammasidan sekin arzonlashadigan telefonlar reytingini e’lon qildi. Unda yuqori ikkita o‘rinni Xiaomi smartfonlari egallagan; kuchli uchlikni Huawei flagmani yakunlab bergan.

Tahlillarga ko‘ra, Mi 9 Pro 5G modeli ishlatilgach, o‘z narxining salkam 80 foiz qiymatida qayta sotish mumkin ekan. Redmi K30 5G smartfonida esa bu ko‘rsatkich 76,54 foizga teng. Xitoylik texnogigantning Huawei Mate 30 Pro 5G smartfoni esa 75,84 foizlik ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rinda.

Mana, narxini eng kam yo‘qotadigan o‘nta smartfon ro‘yxati quyidagicha:

Ko‘rib turganingizdek, keyingi o‘rinlarni tegishlicha Honor V30 Pro, Huawei Mate 30 5G, Huawei Mate X 5G, Oppo Reno 3 Pro, Huawei Nova 6 5G, Huawei Mate 20 X 5G hamda Honor V30 modellari band etgan.

Ta’kidlash kerakki, ishlatilganida ham ko‘p arzonlashib ketmaydigan smartfonlar o‘ntaligiga Huawei kompaniyasiga va uning Honor brendiga tegishli naq yettita model kirgan.

O‘QING: Xiaomi narxi 285 dollardan oshuvchi barcha 4G-smartfonlarini yo‘q qilmoqchi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!