Toshkentda jamoat transporti avtomatlashtirilgan tizimga o‘tyapti

  •   DiMaX
  •  710
  •  20.12.2019 13:09

Toshkentda jamoat transporti avtomatlashtirilgan tizimga o‘tyapti

2020 yil 1 yanvardan Toshkent shahridagi umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashishda yo‘l haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi. Mazkur tadbir bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan, deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.

O‘QING: Toshkent metropolitenida yo‘l haqini kontaktsiz to‘lash tartibi tajriba tariqasida ishga tushirildi

Xabarda aytilishicha, 2019 yil dekabr oyi oxirida metropoliten kassalari va «Toshshahartransxizmat» AJ savdo shoxobchalarida hamda Aloqa bank filiallarida transport kartalari sotilishi boshlanadi.

Yangi to‘lov tizim yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Shveysariyaning BPC Billet Group kompaniyasi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Ayni paytda ushbu kompaniyaning Rossiyadagi filiali mutaxassislari «Toshshahartransxizmat» AJ tasarrufidagi avtobus saroylarining haydovchi va chiptachilari hamda g‘aznachilariga o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. Ularda ishtirokchilarga elektron to‘lov amaliyoti, jamoat transportiga validatorni qanday o‘rnatish va ulardan foydalanish tartib-qoidalari, yangi yo‘l kartalarining afzalligi va boshqa mavzuga oid ko‘nikmalar o‘rgatilmoqda.

O‘QING: Yandeks Toshkentda transport harakatini ko‘rsata boshladi

Birinchi bosqichda Toshkent shahrida harakatlanayotgan 200 ta avtobusga statsionar validatorlar o‘rnatiladi. Qolganlarida esa chiptachilar qo‘lida mobil validator bo‘ladi.

To‘lov qanday amalga oshiriladi?

Ushbu tizim doirasida jamoat transporti uchun yagona transport kartalari, to‘lovni amalga oshirish imkonini beradigan mobil ilova xamda bir martalik QR chiptalar joriy etiladi. Mazkur kartalarni savdo nuqtalari, metropoliten, avtovokzal, temir yo‘l kassalari va aeroportlardan sotib olish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, mazkur tizimda yo‘l haqi uchun to‘lovlarni kontaktsiz bank kartalari (Humo, UzCard, Master Card, Visa Card va boshqalar) orqali amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

  • Yagona transport kartalarini bank plastik kartalaridagi mablag‘lar, bankomatlar, kiosklar, to‘ldirish terminallari hamda mobil ilovalar orqali to‘ldirish mumkin bo‘ladi.
  • Kutilayotgan natijalar yo‘l haqi to‘lovlari yig‘imi 15-25 foizga ko‘payadi;
  • tashuvchi korxonalarning daromadlari oshishi orqali harakat tarkibini tizimli yangilashga sharoit yaratiladi;
  • yo‘nalish tizimlarini maqbullashtirish va samarali rejalashtirish uchun texnologik asoslar yaratiladi.

Hozirda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 noyabrdagi «Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashishda yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qarorining ijrosi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘QING: Yana ikkita shahrimizda «Yandeks.Taksi» ish boshladi, lekin Toshkent hokimi o‘rinbosari unga qarshi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!