Windows 10 tizimidan Internet Explorer’ni olib tashlashning ikki usuli

  •   DiMaX
  •  550
  •  23.04.2019 17:39

Windows 10 tizimidan Internet Explorer’ni olib tashlashning ikki usuli

Internet Explorer brauzeri allaqachon iste’moldan chiqib bo‘lgan, hatto Microsoft’ning o‘zi ham undan foydalanmaslikni tavsiya etgan. Uning o‘rniga kompaniya yangi – Microsoft Edge brauzerini taqdim etgan va muntazam takomillao‘tirib kelayotir.

O‘QING: Microsoft Edge brauzeri WebCore asosida yangilandi: endi u ruschada ovozli o‘qishni ham eplaydi!

 Shunga qaramasdan, Internet Explorer dasturi baribir Windows 10 tizimining standart jamlanmasida mavjud. Uni o‘chirib tashlashning esa ikkita usuli mavjud.

1-USUL

 «Pusk» menyusini bosib, «Programmi i komponenti» deb yoza boshlang. Yoki mana bu yo‘nalish bo‘yicha boring: «Parametri» → «Sistema» → «Prilojeniya i vozmojnosti» → «Programmi i komponenti»

Ochilgan oynada, chap tomondagi «Vklyucheniye i otklyucheniye komponentov Windows» bandini tanlang va Internet Explorer 11 bandidan belgichani olib tashlang.

Tizim sizdan tasdiqlashni so‘raydi, «OK»ni bosing. Keyin esa kompyuterni o‘chirib-yoqishga ruxsat so‘raydi – boshqa barcha ochiq dasturlaringizni yopib qo‘yib, o‘chirib-yoqing.

O‘QING: Opera Reborn 3: tezkor va bepul VPN, blokcheyn va kriptohamyonga ega ilk brauzerni o‘rnatib oling!

Buyruqlar qatori bilan ishlashni xush ko‘ruvchilar esa quyidagi ikkinchi usuldan foydalanishlari mumkin.

2-USUL

«Pusk» menyusini ochib, u yerdan Windows PowerShell dasturini toping. Uning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmachasi bilan cherting va ochilgan menyuchadan «Zapustit ot imeni administratora» bandini tanlang.

Konsol oynasida mana bu buyruqni tering:

Disable-WindowsOptionalFeature -FeatureName Internet-Explorer-Optional-amd64 –Online

Buning uchun matnni mana shu yerning o‘zidan nusxalab olsangiz ham bo‘ladi, keyin esa PowerShell oynasida sichqonchaning o‘ng tugmachasini bossangiz, buferdagi matnni avtomatik ravishda o‘zi tashlaydi.

Endi «Enter»ni bosing va Internet Explorer olib tashlangunicha kuting. So‘ng tizim kompyuterni o‘chirib-yoqish uchun ruxsat so‘raydi, «Y» va «Enter»ni bosasiz.

Tamom – kompyuteringiz o‘chib-yongach, Internet Explorer undan yo‘qolgan bo‘ladi.

O‘QING: Microsoft’ning kutilmagan qarori: u Windows 8 tizimini muddatidan avval «o‘ldiryapti»!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.