Windows 11 o‘rnatish qiyinlashmoqda

Windows 11 o‘rnatish qiyinlashmoqda

Bir necha kun oldin Microsoft Windows 11 insayderlari uchun ko‘plab yangi funksiyalarga ega yangilanishni chiqargan edi. Aynan shu yangilanishda Microsoft endi Windows 11 Pro o‘rnatilishi jarayonida Microsoft akkaunt va internet bo‘lishi kerakligini ma’lum qilgan: "Windows 11 Home versiyasiga o‘xshab, Windows 11 Pro nashri endi faqat qurilmani dastlabki sozlash vaqtida internetga ulanishni talab qiladi.

Qurilmani shaxsiy foydalanish uchun sozlashni tanlasangiz, sozlash uchun Microsoft akkaunti ham talab qilinadi." 

O‘tgan yili Windows 11 taqdim qilinganidan beri Windows 11 Home nashri birinchilardan bo‘lib o‘rnatilish jarayonida internet va Microsoft akkaunt so‘raydigan bo‘lgan edi, lekin shunga qaramay Windows ishqibozlari buni aylanib o‘tish yo‘lini ham topishgan edi. Biroq ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi insayderlar yangilanishida barcha aylanma yo‘llar ham yopib qo‘yilgan. 

O‘QING: Android ilovalar endi kompyuteringizda!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.