Xiaomi 13 smartfonlaring ichki texnik xususiyatlari ochiqlandi

Xiaomi 13 smartfonlaring ichki texnik xususiyatlari ochiqlandi

Kecha rasman Xiaomi 13 seriyasining taqdimot sanasini ma'lum qilgan so'ng, Xiaomi o'zining bo'lajak flagmanlari haqidagi ma'lumotlarni ulashishni boshladi. Biz allaqachon qatordagi oddiy model tekis, Pro model esa yon tomonlari egilgan OLED ekranga ega bo'lishi va ekran ramkasi sezilarli darajada ingichka bo'lishi haqida bilib olgan edik.

Endilikda ma'lum bo'lishicha, Xiaomi 13 va Xiaomi 13 Pro smartfonlari Qualcomm yaqinda taqdim qilgan Snapdragon 8 Gen 2 chipseti bilan jihozlanadi. Aytish kerakki, chipset protsessorining ko'p yadroli ishlashi 37% ga, GPU ishlashi esa 42% ga oshgan. Qolaversa, smartfon maksimal 8533 Mb/sekund tezlikka chiqa oladigan LPDDR5X operativ va ma'lumotlarni 3.5 GB/sekund tezlikda o'qiy oladigan UFS 4.0 doimiy xotira texnologiyalariga asoslangan bo'ladi.

Xiaomi 13 seriyasi kelayotgan payshanba kuni taqdim qilinadi.

O'QING: Xiaomi 13 nanoteri texnologiyasi bilan jihozlanadi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.