Xiaomi o'zining yangi AR ko'zoynoklari bilan Apple'ni kengaytirilgan reallik poygasida ortda qoldirdi!

Xiaomi o'zining yangi AR ko'zoynoklari bilan Apple'ni kengaytirilgan reallik poygasida ortda qoldirdi!

Metaolam mavzusi ancha kamayib qolgan bir vaqtda, Xiaomi kompaniyasi MWC 2023 da o'zining yangi Wireless AR Glass Discovery Edition ko'zoynagini namoyish qildi va texnogigant kompaniyalar orasida innovatsiyalar yaratishda ayrimlardan ancha oldinda ekanligini yana bir isbotladi.

O'z nomidan ma'lumki, Wireless AR Glass Discovery ko'zoynagi simsiz kengaytirilgan reallik ko'zoynagi bo'lib, u prototip bo'lishiga qaramasdan futuristik dizayn va ajoyib xususiyatlarga ega.

Xiaomi'ning yangi AR ko'zoynaklari ikkita mikro-OLED ekranlardan tashkil topgan. Ular 1200 nit yorqinlikda to'liq HD tasvirlarni chiqarib beradi. Uning old tomonida uchta kameralar mavjud bo'lib, ular foydalanuvchining ko'z oldida atrof-muhitni xaritalash uchun ishlatiladi.

Garchi oddiy ko'zoynaklardan ancha kattaroq ko'rinsa ham Xiaomi AR ko'zoynoklari aslida juda yengil. Uning korpusini yaratishda magniy-litiy qotishmasi strukturasi va uglerod tolasi kabi yengil materiallardan foydalanilgan. Batareya esa oddiy lityum-ion batareyasidan biroz kichikroq bo'ladigan silikon-kislorod anoddan tayyorlangan. Bular bilan qurilma og'irligi atigi 126 grammni tashkil qiladi. Bu esa ko'zoynokni taqqan holda undan uzoq vaqt foydalanish imkonini beradi.

Qurilma Qualcomm'ning Snapdragon XR2 Gen 1 chipida ishlaydi. U hech qanday xotiraga ega emas. Shunday ekan undan foydalanish uchun Xiaomi 13 yoki OnePluss 11 kabi Snapdragon Spaces uchun tayyor bo'lgan boshqa biron-bir qurilmaga ulanishingiz kerak bo'ladi.

Ko'zoynaklar smartfonga kompaniyaning "past kechikishli xususiy kommunikatsiya havolasi" (ma'lum bo'lishicha, bu Wi-Fi va Bluetooth kombinatsiyasidir) orqali ulanadi va unda atigi 50 ms kechikish bo'lishi mumkin. Bu shu qadar tezki, siz kechikishni siz deyarli sezmaysiz.

Foto: XDA

"Men ko‘zoynak taqib 20 daqiqadan ko'proq vaqt davomida TikTok, Instagram va YouTube videolarini tomosha qildim va kechikish yoki tasvir sifati pasayishini aniqlay olmadim" deydi ko'zoynakdan foydalanib ko'rgan XDA jurnalisti.

Lekin Xiaomi AR ko'zoynoklari shunchaki video ko'rishdan ko'proq qobilyatga ega. Masalan, unda siz unda kompyuter oynalarini ochishingiz va ularni atrofingizga xaritalashingiz mumkin. Telefondan trek paneli sifatida foydalanish bilan oynalarni boshqarishingiz: ularni surish yoki o'lchamini katta/kichik qilisangiz bo'ladi. Bundan tashqari ko'zoynoklar sizga AR o'yinlarni o'ynash imkonini ham beradi.

Foto: XDA

Garchi demo videolarda Wireless AR Glass Discovery tayyor mahsulotdek ko'rinsa ham Xiaomi o'zining AR ko'zoynoklarini hozircha prototip deb hisoblanadi, ya'ni kompaniya hali uni yaxshilashi kerak. Ehtimol, qurilma batareyasida muammolar bo'lishi mumkin, chunki undan foydalanib ko'rgan jurnalist uning quvvati 30 daqiqadayoq tugab qolganini aytgan.

O'QING: OnePlus 11 Concept: "The Way of Water" (Suv Yo‘li)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!