Xiaomi'dagilar Mi CC9 Pro'da olingan tasvirlarni ulashdi. Asosiy e’tibor zumga qaratilgan

Xiaomi'dagilar Mi CC9 Pro'da olingan tasvirlarni ulashdi. Asosiy e’tibor zumga qaratilgan

Xiaomi Mi CC9 Pro'da asosiy e’tibor kameraga qaratilgan. Qurilma beshta, jumladan, 108 megapikselli asosiy va 5x optik zumli telefoto kameraga ega. Kompaniya ushbu gadjetni 5-noyabr kuni taqdim qilishni rejalashtirmoqda va hozirdanoq uning reklama e’lonlari paydo bo‘la boshladi.

Internetga joylangan tasvirlarda asosiy e’tibor zumga qaratilgan. Quyida Xitoyning Longji guruch dalasini hamda xuddi mana shu dalaning 10x gibrid zum bilan olingan tasvirlarini ko‘rishimiz mumkin. Bundan keyin esa Xiaomi'ning brend-ambassadori (mahsulotni reklama qilib beruvchi shaxs) fotosi va bu fotoning atigi 0.8% qismidan kattalashtirilgan bo‘lakni ko‘rishimiz mumkin.

Bu rasmlarning rezolyutsiyasi, ham fayl hajmi o‘ta katta.
Quyidagi tasvirdan esa Xiaomi Mi CC9 Pro'ning old tomondan qanday ko‘rinishiga guvoh bo‘lish mumkin.Darvoqe, 5-noyabr kuni smartfon bilan bir qatorda yangi smartvoch ham taqdim qilinadi. Reklamalardagi matnda bu soat haqida "katta ekranli aqlli tasma emas, albatta", deb yozilgan. Bundan tushunish mumkinki, bu aqlli soat Mi Band 4'ga qaraganda ancha takomillashgan funksiyalarga ega bo‘ladi. Tarmoqqa joylangan postda, shuningdek, ilovalarga ham urg‘u berilgan va bu bilan yangi gadjet Amazfit soatlaridan ham ustun bo‘lishi uqtirilgan.

Bundan tashqari, ishonchli likster Ice Universe'ga tayangan holda aytishimiz mumkinki, Mi CC9 Pro va Mi smartvochi bilan bir qatorda 5-noyabr kuni Mi TV 5'ning ham taqdimoti o‘tkaziladi.

O‘QING: «Qoch yo‘ldan, Xiaomi!» – Snapdragon 855 protsessorli eng arzon smartfon sotuvga chiqdi