Xorijiy tanlovda qatnashib, 5000 dollargacha sovrin yutib oling!

  •   DiMaX
  •  1161
  •  02.06.2018 18:16

Xorijiy tanlovda qatnashib, 5000 dollargacha sovrin yutib oling!

Keyingi yillarda axborot texnologiyalari sohasidagi bir qator mahalliy va xorijiy musobaqalarda yoshlarimiz faol ishtirok etishmoqda. Ularning yutuqlari ham faxrlanishga arzirli.

O‘QING: «Huawei» o‘zbekistonlik iqtidorlar uchun noyob imkoniyat taqdim etmoqda

Janubiy Koreyadagi nufuzli Nexon kompyuter muzeyi xalqaro Open Call 2018 tanlovini e’lon qildi, unda o‘zbekistonlik dasturchilar ham qatnashishlari mumkin, deb yozadi Spot nashri.

Qiziquvchilar ushbu musobaqada virtual borliq (VR), to‘ldirilgan borliq (AR) hamda aralash borliq (MR) sohalaridagi o‘z loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin. Tanlovga topshiriladigan loyihalarning mavzusi, janri, ishlanma jihozlari, platformalari, qurilmalari (HTC Vive, Oculus Rift va hokazo) bo‘yicha biror cheklov yo‘q. VR/AR/MR sohalarining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalar qabul qilinadi, jumladan – video va o‘yinlar ham.

Open Call 2018 xalqaro tanlovining to‘rt nafar g‘olibi 1 milliondan 5 million Koreya vonigacha miqdordagi mukofot sohibiga aylanishadi. Bu esa taxminan 1000 dan 5000 AQSh dollarigacha miqdorga teng keladi.

Arizalar 2018 yilning 1 iyulidan to 31 avgustiga qadar qabul qilinadi, deyiladi xabarda. Arizada quyidagilar bo‘lishi lozim: arizaning o‘zi, loyiha taklifi, ishlanma davri, reja, namoyish etuvchi video, jamlanmaning ijro etiluvchi fayli. Ularni [email protected] elektron manziliga yuborish mumkin, batafsil ma’lumotni esa ushbu manzildan (ingliz tilida) olish imkoni bor.

Marhamat, Open Call 2018 xalqaro tanlovida qatnashing va 5000 dollargacha mukofotni qo‘lga kiriting!

O‘QING: Toshkentda dasturlash chempionati: bosh sovrin 20 million so‘m

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!