Yangicha dizayn bilan YouTube yanada chiroyliroq ko'rinmoqda

Yangicha dizayn bilan YouTube yanada chiroyliroq ko'rinmoqda

YouTube yaqinda o'zining 17 yilligini nishonladi va shu munosabat bilan kompaniya platformaga biroz dizayn o'zgarishtirishlarini kiritdi. Yangi dizayn bilan tugmalar yumaloqlangan burchakli alohida shakllar ichiga olingan.

Ambient rejimi e'tiborli o'zgarishlarning biri bo'lib, bunda ushbu rejim videodan olingan ranglarni orqa fonga sochadi. Tungi mavzuda videolarni u bilan ko'rish yanada chiroyliroq bo'ladi.

Kunduzgi mavzuda esa pleylistlar ham shunday xususiyatga ega bo'ladi. Qolaversa, tungi mavzu endilikda yanada qoraroq qilingan va u veb, mobil va Smart TV platformalari uchun tarqatiladi.

Platformaning asosiy xususiyati, video pleyerga ham sezilarli o'zgarishlar kiritilgan. Masalan, endi siz videolarni xuddi "chimchilash" yoki aksincha harakat bilan yaqinlashtirishingiz yoki uzoqlashtirishingiz mumkin.

Shuningdek, videodagi kerakli kadrni topish endi yanada oson: videoning ma'lum bir joyini qidirayotganingizda YouTube sizga ramkama-ramka kadrlar prevyusini ko'rsatib beradi.

Video prevyulari ham endi yumaloq burchak bilan ko'rinadi. Ushbu o'zgarishlar bilan YouTube ham Google'ning Material You dizayniga moslangan.

O'QING: Google boshlang‘ich sinf smartfonlari uchun Android 13 Go versiyasini taqdim qildi