Yuz million obunachisi bor vloger YouTube’ni nega tark etyapti?

  •   DiMaX
  •  2390
  •  17.12.2019 12:35

Yuz million obunachisi bor vloger YouTube’ni nega tark etyapti?

Feliks Chelberg dunyodagi eng ommabop YouTube-bloger bo‘lib, uning PewDiePie kanali yuz milliondan oshiq obunachiga ega. Kuni kecha u mazkur platformadagi faoliyatini 2020 yildan to‘xtatishini ma’lum qildi.

O‘QING: YouTube’ning pulli funksiyasidan Telegram orqali bepul va reklamasiz foydalansa bo‘lar ekan!

Ta’kidlash kerakki, PewDiePie – bitta shaxs tomonidan yuritiluvchi YouTube-kanallar orasida yuz millionlik marradan oshgan ilk vakildir. Ushbu ko‘rsatkichga birinchi bo‘lib hindlarning T-Series kanali erishgani haqida ham yozgandik.

Chelbergning so‘zlariga ko‘ra, ushbu servisda keyingi o‘n yillik faoliyati davomida u qattiq charchagan va shunchaki YouTube’dan dam olmoqchi. Mazkur platformaga endi qachon qaytishini u ma’lum qilmagan.

Darvoqe, YouTube’dagi eng ko‘p «dislayk» olgan videolar TOP-o‘ntaligi, 2019 yili unda eng ommalashgan videolarning uchta reytingi, bittagina smartfonda olgan videolari bilan atigi bir oyda 1,6 million obunachi to‘plagan qiz haqidagi maqolalarimiz ham sizga ma’qul kelsa kerak.

O‘QING: Eng mashhur blogerlarning orqasida kim turibdi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!