Zipcall orqali istalgan brauzerda videoqo‘ng‘iroq qila olasiz – SMS-tasdiqlash yoki registratsiya ham shartmas!

  •   DiMaX
  •  1209
  •  10.06.2020 12:38

Zipcall orqali istalgan brauzerda videoqo‘ng‘iroq qila olasiz – SMS-tasdiqlash yoki registratsiya ham shartmas!

Videoqo‘ng‘iroq uchun smartfoningizda Zoom, WhatsApp, Imo, Facebook Messenger yoki Skype kabi messenjerlardan foydalanyapsizmi? Lekin bu ilovalar qurilmaning xotirasida joy egallab, muntazam tarzda tizim resurslarini va batareya quvvatini sarflab turishini bilasizmi?

O‘QING: Smartfoningizdagi 19 ta xavfli ilova: Facebook, Messenger, Shareit...

Sizga videosuhbatning boshqa, oson va qulay yo‘lini taklif etmoqchimiz: Zipcall nomli yangi servis aynan shunga mo‘ljallangan. Undan foydalanish uchun smartfon yoki planshetga, noutbuk yoxud kompyuterga biror dasturni yuklab olib o‘rnatish, unda ro‘yxatdan o‘tish, o‘z telefon raqamingizni taqdim etish kabi boshog‘riqlar umuman talab etilmaydi.

Shunchaki, istalgan bir brauzerdan https://zipcall.io/ manziliga kirasiz va taklif etilgan taxallus (nikneym)ni qabul qilasiz (o‘zingiz istalgan boshqasini, masalan – haqiqiy ismingizni kiritsangiz ham bo‘ladi). Keyin esa zipcall.io/join/... ko‘rinishidagi havolani suhbatdoshga istalgan usulda (SMS-xabar, elektron pochta...) jo‘natasiz. Uni bosishi bilan suhbatdoshingiz brauzerida Zipcall servisining aynan siz bilan videomuloqot sahifasi ochiladi – bo‘ldi!

Mazkur servisda qo‘ng‘iroqlar P2P texnologiyasiga asoslangan – hech qanaqa server qo‘llanmaydi, ikki foydalanuvchi bevosita o‘zaro ulanadi. Ko‘rishib gaplashishdan tashqari, Zipcall matnli chatda yozishish va suhbatdoshga ekranni namoyish etish funksiyalariga ham ega. Uning barcha funksiyalaridan bepul foydalanish mumkin.

O‘QING: Ushbu 17 ta ilovani smartfoningizdan hoziroq o‘chirishingiz kerak!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!