One UI 5.1 yangilanishini tarqatish boshlandi!

One UI 5.1 yangilanishini tarqatish boshlandi!

Samsung kompaniyasi fevral oyining ilk kunida o'zining Galaxy S23 seriyasidagi smartfonlarini One UI 5.1 versiyasi bilan chiqardi. Flagmanlar bilan taqdim qilinganidan so'ng, yangi One UI versiyasi endi boshqa Galaxy'larga tarqatilmoqda.

Samsung o'zining avvalgi Galaxy smartfonlarining One UI 5.1 bilan yangilanishi jadvalini ma'lum qilganicha yo'q, biroq Yevropada ayrim modellar uchun yangi versiyani tarqatish boshlangan ko'rinadi: Exynos variantli Galaxy S22, S21 va S20 seriyasidagi smartfonlar, hamda Galaxy Z Fold 4, Flip 4, Fold 3 va Flip 3 egalari One UI 5.1 yangilanishi kelganligi haqida xabar berishmoqda.


Ma'lum bo'lishicha, One UI 5.1 yangilanishi hajmi Galaxy modellariga qarab 1.4-1.9 GB gacha farq qiladi. Galaxy S22 Ultra misolida ushbu ko'rsatkich 1.9 GB ni tashkil qiladi. Aytish kerakki, yangilanish fevral oyi xavfsizlik yamog'ini ham o'z ichiga oladi.

Garchi katta yangilanish bo'lmasa ham, One UI 5.1 e'tiborga loyiq bir nechta yangi funksiyalarni o'z ichiga oladi va ular mana bu yerda tanishishingiz mumkin.

O'QING: Samsung va BMW ishqibozlari uchun yangi smartfon taqdim etildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!