Redmi Note 12 seriyasi hali tugamadi. Qatorga Redmi Note 12R Pro nomli yangi model qo'shiladi!

Redmi Note 12 seriyasi hali tugamadi. Qatorga Redmi Note 12R Pro nomli yangi model qo'shiladi!

Xiaomi'ning Redmi brendni o'zining Note 12 seriyasiga yana bir yangi modelni qo'shilishini e'lon qildi. Bu Redmi Note 12R Pro nomli smartfon bo'lib, u shu hafta oxirida taqdim qilinadi.

Kompaniya smartfonning afisha suratini ulashdi va biz unda Redmi Note 12R Pro modelining orqa tomoni dizayni bilan tanishishimiz mumkin: to'g'ri to'rtburchak kamera oroli ikkita kamera va LED chirog'ini o'z ichiga oladi. Suratni biroz yaqinlashtiradigan bo'lsak, kameralarning asosiysi 48 MP, ikkinchisi esa sun'iy intellekt bilan ishlaydigan qo'shimcha kamera sensori ekanligini bilib olishimiz mumkin.

Redmi Note 12R Pro modeli Samsung kompaniyasining ko'zga zararli ko'k nurni past chiqarishi bilan ko'zni himoya qiladigan SGS sertfikitali 120 gerts yangilanish tezligiga ega OLED displey bilan jihozlangan. U 12 GB RAM va 256 GB xotira konfiguratsiyasida o'tgan yili kuzda chiqarilgan Snapdragon 4 Gen 1 chipsetida ishlaydi. Smarton ikki SIM-kartali bo'lib, ularning ikkalasida ham 5G texnologiyasi qo'llab-quvvatlanadi.

Redmi Note 12R Pro rasman 29-aprel kuni Xitoyda taqdim qilinishi kutilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!