Samsung astronomiya ishqibozlari maxsus versiyadagi Galaxy Watch 6 Classic soatini chiqardi

Samsung astronomiya ishqibozlari maxsus versiyadagi Galaxy Watch 6 Classic soatini chiqardi

Samsung Electronics'ning O‘rta Sharq va Shimoliy Afrikadagi kompaniyasi Galaxy Watch 6 Classic aqlli soatining maxsus Astro Edition versiyasi chiqarilishi e’lon qildi. Kompaniyaning aytishicha, ushbu soat mintaqaning astronom va kashshoflaridan ilhomlanib tayyorlangan, shu bilan birga, qurilma ularning astronomiya va matematikaga qo‘shgan hissalarini ifodalaydi.

Samsung Galaxy Watch 6 Classic Astro Edition aqlli soati Black Astro deb ataladigan 47 mm aylanadigan ramkaga ega va u astrolyabiyani eslatib yuboradi (olimlar va sayohatchilarga vaqtni aniqlash va yo‘llarini boshqarishda yordam bergan qadimiy vosita). Qolaversa, soat foydalanuvchilarga quyosh va oy harakatlarini bilakdan kuzatish imkonini beradi.

GIF: Samsung

Maxsus nashrdagi soat, shuningdek, qo‘shimcha kamar, kolleksiya buyumlari va boshqa eksklyuziv xususiyatlarni o‘z ichiga oladi.

Ta’kidlash joizki, Galaxy Watch 6 Classic Astro Edition soati O‘rta Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari, xususan, Bahrayn, Misr, Iroq, Iordaniya, Quvayt, Marokash, Ummon, Qatar, Saudiya Arabistoni, Turkiya va BAA davlatlari uchun chiqarilgan bo‘lib, bu kompaniyaning ushbu hududlar uchun chiqargan eng birinchi cheklangan miqdordagi Galaxy Watch soatidir.

Asfuski, maxsus nashrdagi soatning narxi hozircha ma’lum emas.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!