Tvitlarni o‘qishga qo‘yilayotgan cheklov fonida Twitter raqobatchilari «semirishmoqda»

Tvitlarni o‘qishga qo‘yilayotgan cheklov fonida Twitter raqobatchilari «semirishmoqda»

Kecha, shanba kuni Ilon Mask o‘zining Twitter ijtimoiy tarmog‘ida postlarni ko‘rishga cheklovlar o‘rnatilishini e’lon qildi. Bunga milliarderning bahonasi ham tayyor: sun’iy intellekt kompaniyalari katta hajmdagi ma’lumotlarni platformadan "qirib olishmoqda" va bu real foydalanuvchilar tajribasiga halaqit qilmoqda.

Shunday qilib, endilikda siz Twitter'da shunchaki postlarni ko‘rish uchun avvalo akkauntga ega bo‘lishingiz, agar akkauntingiz yangi ochilgan bo‘lsa kuniga 500 tagacha, aks holda kuniga 1000 tagacha, Twitter Blue pullik obunasi bilan esa kuniga 10 mingtagacha tvitlarni o‘qish imkoniyatiga egasiz. Avvalroq Ilon Mask ushbu ko‘rsatkichlarni 400/800/8000, bundan ham avvalroq esa 300/600/6000 bo‘lishini aytgan edi.

Ta’kidlash joizki, oldinlari foydalanuvchilar tvitlarni Twitter akkauntlari bo‘lmasa ham ko‘rish imkoniga ega edilar. Biroq, tvitlarni ko‘rishga bo‘lgan cheklovlar o‘rnatilishidan bir kun avval Twitter unda ro‘yxatdan o‘tmagan foydalanuvchilarni postlarni ko‘rishdan bloklashni boshladi. Bunga asosiy 

«Bir necha yuzlab tashkilotlar (ehtimol, ko‘proq) Twitter ma’lumotlarini o‘ta agressiv tarzda qirib olishayotgan» va bu real foydalanuvchi tajribasiga ta’sir qilayotgan edi. Buni to‘xtatish uchun nima qilishimiz kerak? Men fikrlaringizni eshitishingizga tayyorman.", – deydi Ilon Mask tvitlarga o‘rnatilgan cheklovlarga norozilik bildirayotgan foydalanuvchiga javoban.

Twitter'ga o‘rnatilayotgan yangi cheklovlar fonida uning raqobatchilari shu qadar ko‘p "migrantlar"ni qabul qilishyaptiki, ulardan biri yangi foydalanuvchilar oqimini «eplay olmayapti» – Twitter'ga o‘xshash Bluesky ijtimoiy tarmog‘i platforma ishlashida yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish uchun ro‘yxatdan o‘tishni vaqtinchalik to‘xtatib turishini e’lon qilgan. Ta’kidlash joizki, Twitter'ning sobiq rahbari, Jek Dorsi tomonidan yaratilgan ushbu markazlashtirilmagan ijtimoiy tarmoq hozirda beta versiyada.

Mastodon nomli yana bir Twitter raqobatchisi ham shu kunlarda «bir qop semirgan». Ma’lum bo‘lishicha, platforma so‘nggi kunda 26 mingdan yangi obunachilarni qabul qilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!