Barcha xabarlar

iPhone 11’lar yangi rekord o‘rnatdi, lekin bu ko‘rsatkich Samsung’ning flagmaniga yeta oladimi?

Rekord tarzida qayd etilgan raqam xarid qilinganidan so‘ng ishga tushirilgan – aktivatsiya qilingan iPhone 11’lar asosida keltirilgan. Aslida esa o‘sha kuni ulardan yanada ko‘proq sotilgan bo‘lishi tabiiy.

Facebook va Instagram ishida uzilishlar kuzatilmoqda

Facebook foydalanuvchilarining 45% ida yangiliklar lentasi yangilanmayapti, 19% i o‘zlarining akkauntlariga kira olmayapti, 34% ida esa tarmoq butunlay ishlamayapti.

Instagram haqida siz bilgan va bilmagan 25 fakt

Tarmoqdan foydalanasiz, lekin u haqida o‘zi nimalarni bilasiz?

Google oddiy kompyuterlar 10 ming yilda ham bajara olmaydigan amalni atigi 3 daqiqada bajaruvchi kompyuter yaratdi

Ushbu muvaffaqiyatni “kvant ustunligi“ deb atayotgan kompaniyaga ko‘ra, bu tub burilish natijasida kompyuterlar bugungi kunda tasavvurga ham sig‘maydigan tezlikda hisob-kitoblarni amalga oshirishi mumkin.  

Do‘stona eslatma: biometrik ma’lumotlar bilan telefoningizni himoyalash unchalik ishonchli emas

Biometrik ma’lumotlar qurilma xavfsizligiga raxna solishi mumkin

Android 10'ning beta talqini Note10'larga ham kela boshladi

Odatdagidek, beta talqinni sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar Samsung Members ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

Antiqa aksiya: uy telefonini topshirib, smartfon oling!

«Uy telefonlari qabristoni» aksiyasi doirasida 3 noyabrgacha mijozlar Samsung, ZTE, Huawei hamda Honor brendlarining ayrim rusumlardagi smartfonlari uchun chegirma olishlari mumkin bo‘ladi.

Tesla elektromobili haydovchini tiriklay yondirib yubordi

Fojia qurbonining oilasi Tesla kompaniyasini sudga bergan; ayblovda yozilishicha, haydovchining o‘limiga avtomobilning konstruktiv nuqsoni sabab bo‘lgan.

Xiaomi hali taqdim etmagan Redmi Note 8T allaqachon sotuvga chiqdi – narx va jihatlari bilan tanishing!

Redmi Note 8T akkumulyatori 4000 mA/soatlik bo‘lib, USB-C orqali 18 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi. Smartfonga Android 9 Pie bazasidagi MIUI 10 proshivkasi o‘rnatilgan.

InnoWeek-2019: Bolajonlarni robot yasashga olib keling!

Kichkintoylar tadbir hamkorlari – «Events» va «Robokidz education» muassasalarining tajribali mutaxassislari yordamida kimyoviy tajribalar o‘tkazishadi, robotlar yasashadi.

Xiaomi Mi Mix 4 metroda «qo‘lga tushdi», uning namoyish kunigacha aniq bo‘ldi!

Mazkur qurilma inqilobiy Mi Mix Alpha modelining «xalqona» versiyasi bo‘ladi – undagi bir qator texnologiyalarni, jumladan, 108 megapiksellik kamerani ham o‘zlashtiradi.

Dasturchi tasodifan Sog‘liqni saqlash vazirligi va hokimiyat saytlariga xakerlik hujumini uyushtirdi!

Aslida dasturchi ushbu muassasaning sayti qanchalik himoyalanganligini tekshirib ko‘rishga qaror qilgandi. Uning maqsadi – sayt muhofazasidagi «tirqish»larni bartaraf etish edi, xolos, ammo...

Huawei smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2019 yil 25 oktyabr)

Xitoylik texnogigantning eng so‘nggi flagmanlari ham bir yillik rasmiy kafolati bilan Terashop.uz’da! Bizda qulay to‘lov shakllari (naqd pul, terminal va Payme tizimi orqali elektron to‘lovlar) mavjud.

iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max ishonchni oqlay olmadi!

Yilning oxirigacha iPhone 11 turkumidan jami 70 millionta sotiladi. Keyingi yilda esa anchadan beri kutilayotgan eng arzon ayfon Apple’ning bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlashi taxmin qilinmoqda.

Davlat xizmatlari markazlari endi onlayn navbatga turishingiz mumkin!

Tasavvur qiling: navbatingizni Davlat xizmatlari markaziga kelayotgan paytingizni o‘zida mobil telefoningiz orqali olishingiz mumkin. Bu esa vaqtingizni sezilarli darajada tejashga imkon beradi!

SMS-xabarlarni butunicha boshqa smartfonga ko‘chirib o‘tkazamiz

Nafaqat yangi smartfon xarid qilganda, balki boshqa vaziyatlarda ham bitta telefondagi SMS’larni boshqasiga ko‘chirish kerak bo‘lib qolishi mumkin...

Endi qabul imtihonlarida informatika fanidan ham 30 talik test topshiriladi!

Davlat test markazi tomonidan abituriyentlarga tavsiya qilingan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi. Unga ko‘ra, endi informatikaga aloqasi bor yo‘nalishlarda informatikadan blok qo‘shiladi.

Nihoyat, Samsung o‘z flagmanlaridagi katta xavfni bartaraf etdi (+«jonli» video)

Endi kompaniyaning flagmanlarini ishlatayotgan foydalanuvchilar o‘z qurilmalarini yangilab, shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlab olishlari tavsiya etiladi.

Rekordchi smartfon: atigi 170 dollarlik, lekin quvvati 10 kunga yetadi! (+«jonli» video)

E-Ink displey ko‘zga zarar yetkazmaydi, faqat tasvir o‘zgarganidagina quvvat talab etadi. Shu boisdan, 4000 mA/soatlik akkumulyatori bilan Hisense A5 rekord darajada – o‘n kungacha quvvatlashsiz ishlay oladi!

“Fin Tech Abu Dhabi” tanlovida O‘zbekiston jamoasi g‘olib bo‘ldi!

2019-yil 21-oktyabrdan 23-oktyabrgacha Birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi shahrida butun dunyo bo‘ylab 5000 dan ortiq sarmoyador va innovatorlarni to‘plagan eng yirik xalqaro startap festivallaridan biri – MENA FinTech festivali bo‘lib o‘tdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш