12 soat avtonomlikka ega, suvdan qo‘rqmas arzon simsiz quloqchin – Redmi Sonicbass taqdim qilindi

  •   DiMaX
  •  635
  •  09.09.2020 17:14

12 soat avtonomlikka ega, suvdan qo‘rqmas arzon simsiz quloqchin – Redmi Sonicbass taqdim qilindi

Xiaomi korporatsiyasining Redmi subbrendi bugun – 9 sentyabr kuni yangi simsiz quloqchinini namoyish qildi. Redmi Sonicbass nomini olgan bu aksessuar smartfon va boshqa gadjetlarga Bluetooth interfeysi orqali bog‘lanadi.

O‘QING: Redmi Earphones – o‘ta arzon, lekin Hi-Res Audio sertifikatli quloqchin!

Redmi Sonicbass bo‘yinga ilinuvchi gardishga ega bo‘lib, to‘liq qora rangda ishlab chiqilgan. Kompaniyaning bayonotiga ko‘ra, quloqchinning bitta to‘liq quvvat bilan ishlash muddati 12 soatga yetadi.

Bundan tashqari, Redmi Sonicbass korpusi IPX4 darajasida suvdan himoyalangan. Demak, uni taqqancha yomg‘irda sayr qilish ham, ter tomchilari kirishidan cho‘chimasdan yugurish yoki boshqa sport mashqlarini bajarish ham mumkin.

Darvoqe, Redmi Sonicbass modeli – mazkur brendning bo‘yinga ilib qo‘yiluvchi ilk simsiz quloqchinidir. Afsuski, Xiaomi ushbu yangi mahsulotining xususiyatlarini batafsil aytmagan. Hozircha ma’lum bo‘lgani shuki, Redmi SonicBass taxminan 18 AQSh dollariga teng narx bilan dastlab Nepalda savdoga chiqarishadi, keyin boshqa mamlakatlarda ham sotilishi mumkin.

O‘QING: AirPods Studio simsiz quloqchini tayyor: narx va xususiyatlari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.