Microsoft Store veb-sahifasi yangi ko‘rinishga ega bo‘ldi

Microsoft Store veb-sahifasi yangi ko‘rinishga ega bo‘ldi

Microsoft'ning Windows operatsion tizimi uchun ilovalar do‘konining veb-sahifasi yordamida siz kompyuteringiz uchun kerakli ilovalarni tezroq topishingiz mumkin. Kompaniya o‘zining deyarli barcha dasturiy ta’minotlarini Windows 11 stilida qayta dizayn qilmoqda va Microsoft Store ham e’tibor chetda qolmadi. 

Endi Microsoft Store yangi veb-manzilga ega: https://apps.microsoft.com/store/apps. Saytga o‘tkaningizda avvalgi veb-sahifadan farqli o‘laroq sahifa chap tomonida qator yangi kategoriyalar va yuqorida qidiruv paneli qo‘shilganligini ko‘rishingiz mumkin. Oldingi Microsoft Store veb-sahifasida ham qidiruv ikonkasi mavjud edi, biroq yangi saytdagi qidiruv paneli faqat ilovalarni qidirish uchun mo‘ljallanganligi bilan farq qiladi. 

Bunda ilovalar sahifasi ham bir qancha o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Endilikda, ilovaning tafsilotlari uning suratlari yonida joylashgan va ilovaning tizim talablari haqidagi ma’lumotlar endi ko‘rsatilmaydi, uning o‘rniga yangi "sharhlar" qo‘shilgan. 

Ushbu sahifa hozirda test jarayonida va agar internetdan biron Windows ilovasini qidirid Microsoft Store sahifasiga o‘tsangiz eski dizayndagi saytni ko‘rasiz. 

O‘QING: Huawei o‘zining yangi noutbuklarini taqdim etdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!