200 vattda quvvat oluvchi yangi smartfon taqdim etildi

200 vattda quvvat oluvchi yangi smartfon taqdim etildi

iQOO 11 hamda iQOO 11 Pro smartfonlari rasman taqdim etildi. Ikki qurilma odatdagidek uch xil rang chiziqli dizaynda ham bo‘ladi. Bu iQOO va BMW M brendlarining birlashmasini bildirib turadi. Ushbu dizayndagi model iQOO 11 Legend versiya deb ataladi. Uning orqa paneli shisha tola hamda sun’iy charmdan ishlangan bo‘lib, u, shuningdek, dog‘ga qarshi qoplamaga ham ega. 

Ikki qurilma 1440x3200 piksel rezolyutsiyadagi 6.78 dyuymli Samsung E6 AMOLED displeyi bilan jihozlangan bo‘lib, u 144 gerts chastotada ishlaydi hamda HDR10 imkoniyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Yangi modellar V2 chipidan foydalanib, yuqori kadr darajasini saqlab qolgan holda o‘yin unumdorligini oshiradi. 

Ikki qurilma 4 nanometrli Snapdragon 8 Gen2 chipi bilan jihozlangan bo‘lib, u 8/12/16GB tezkor xotira va UFS 3.1 ko‘ra tezkorroq bo‘lgan UFS 4.0 xotirasi bilan birlashtirilgan. 

Unumdorlik darajasini davom ettiradigan bo‘lsak, yangi iQOO 11 smartfonlarining tezkor xotirasini 8GB gacha kengaytirish mumkin. iQOO brendi asosan yuqori o‘yin unumdorligiga asoslanganligi uchun Vivo kompaniyasi ushbu brendagi qurilmalarni sovutish tizimi bilan jihozlaydi. iQOO 11 qurilmalari ham 4,013mm² hajmdagi sovutish qoplamasiga ega. 

Kamera texnik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ikki model bir-biridan farqlanadi. iQOO 11 modeli 1/1.57 dyuymli 50MP Samsung GN5 asosiy kamera, 13MP 3x “portret“ kamera hamda 8MP ultrakeng kameraga ega. Pro model esa 1/1.49 dyuymli 50MP Sony IMX866 sensorli asosiy kamera, 50MP ultrakeng kamera hamda 13MP 3x “portret“ kamera bilan jihozlangan. 

Surat va videodagi shovqinni kamaytirish maqsadida kameralarga Pure Night View hamda 4K Super Night Video funksiyalari qo‘shilgan. 

Akkumulyator hajmi hamda quvvatlash tezligi ham ikki modelda turlicha. Oddiy model 120 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lsa, Pro model 200 vattda quvvat oluvchi 4,700 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. Pro model, shuningdek, 50 vattda simsiz quvvatlana oladi. Afsuski, ushbu imkoniyat oddiy modelda yo‘q. 

iQOO 11 Pro modeliga Xitoyda oldindan buyurtma berish 21 dekabr sanasidan boshlanadi. Uning narxi quyidagicha:

8/256GB - 689 yevro

12/256GB - 750 yevro

16/512GB - 820 yevro

O‘QING: Tecno kamera jihatidan mashhur kompaniyalarning falagmanlari bilan raqobatlasha oladigan yangi smartfonni taqdim etdi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.