O‘zbekistonda Galaxy Z Flip 5 va Galaxy Z Fold 5 buklmafonlarining rasmiy sotuvlari boshlandi
O‘tgan oy oxirida Samsung kompaniyasi o‘zining yildagi eng katta tadbirlaridan birini o‘tkazib, unda Flip va Fold buklanadigan smartfonlarining yangi avlodini namoyish qilgan edi. Taqdimotdan bir oy o‘tgach ushbu yangi buklamafonlarning endi O‘zbekistonda ham rasmiy sotuvlari boshlanganligi e’lon qilindi.
Galaxy Z Flip 5
Samsung raqobatchilari joriy yil o‘zlarining vertikal buklanadigan smartfonlari sezilarli darajada katta orqa displeylar bilan taqdim qilishdi. Janubiy Koreya kompaniyasi ham trenddan qolmasligi aniq edi – Galaxy Z Flip 5 kompaniyaning javobi bo‘ldi.
Garchi uning orqa displeyi Moto Razr+'niki kabi orqa tomonining bir qismini to‘liq egallamagan bo‘lsa ham, u o‘tgan yilgi Flip'nikidan ancha katta: 3.4 dyuym va endi u ham ilovalarni to‘liq ishga tushirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Kutilganidek, Flip 5'ning orqa ekrani kompyuter papkasi ikonkasini eslatib yuboradi va ushbu ekran dizayni orqa kameralar joylashuviga ham ta’sir qilgan, ya’ni endi ular gorizontal joylashgan.
Sezilarli o‘zgarishlarning yana biri yangi oshiq-moshiq dizayni bo‘lib, bu endi Galaxy Z Flip 5 ham bo‘shliqlarsiz to‘liq buklanishiga imkon beradi. Buklamafonning texnik xususiyatlari va narxlari bilan quyida tanishishingiz mumkin:
Galaxy Z Flip 5 | |
O‘lchamlari |
Buklanmaganida: 165.1×71.9×6.9 mm |
Og‘irligi | 187 gramm |
Ekran o‘lchamlari |
Ichki asosiy ekran: 6.7 dyuym |
Ichki asosiy ekran xususiyatlari |
Turi: Dynamic AMOLED 2X |
Tashqi ekran xususiyatlari |
Turi: Super AMOLED |
Orqa kameralari: |
Asosiysi: 12 MP (f/1.8), OIS |
Selfi kamerasi: | 10 MP (f/2.2) |
Qurilma chidamliligi: |
IPX8 (1.5 metrgacha chuqurlikdagi suvda 30 daqiqagacha chidamli) |
Chipset |
Snapdragon 8 Gen 2 ("Galaxy uchun" versiyasi) |
Operativ xotirasi |
8 GB |
Doimiy xotirasi |
256/512 GB (UFS 4.0) |
Operatsion tizimi |
One UI 5.1.1 (Android 13) |
Batareya & Quvvatlanish |
3700 mA/s |
Ulanish & Aloqa |
5G (SIM-karta & eSIM) |
Barmoq izi skaneri |
bor, yon tomonida |
Narxi |
|
Xotira konfiguratsiyasi: 8/256 GB (yalpiz rang, kulrang, pushti, qaymoqrang) |
12 999 000 so‘m (radius.uz do‘konida) |
Xotira konfiguratsiyasi: 8/512 GB (yalpiz rang, pushti, qaymoqrang) |
13 999 000 so‘m (radius.uz do‘konida) |
Qutida: smartfon, kabel, SIM-karta slotini chiqarish uchun igna va qo‘llanma |
Galaxy Z Fold 5
Galaxy Z Fold 5 deyarli o‘zgarmagan, lekin u ham kichik bo‘lsada yaxshilanishlarga ega. Sezilarli o‘zgarishlardan biri bu yangilangan oshiq-moshiq dizayni yoxud Fold 5 ham xuddi Flip 5 kabi to‘liq buklanadi va ichki ekranlar orasida bo‘sh joy qolmaydi.
Bu bilan qurilma 13.4 mm qalinklikda o‘tgan yilgisiga nisbatan (14.2 mm) ingichkalashgan. Bundan tashqari mitti o‘zgarish haqida ham aytib o‘tishimiz mumkin: kameralarga yordamchi LED chirog‘i endi ularning ostida emas, yoniga ko‘chirilgan, xuddi Galaxy S23 smartfonlarida bo‘lgani kabi.
Galaxy Z Fold 5 texnik xususiyatlari va narxi quyidagicha:
Galaxy Z Fold 5 | |
O‘lchamlari |
Buklanmaganida: 154.9×129.9×6.1 mm |
Og‘irligi | 253 gramm |
Ekran o‘lchamlari |
Ichki asosiy ekran: 7.6 dyuym |
Ichki asosiy ekran xususiyatlari |
Turi: Dynamic AMOLED 2X |
Tashqi ekran xususiyatlari |
Turi: Dynamic AMOLED 2X |
Orqa kameralari: |
Asosiysi: 50 MP (f/1.8), OIS |
Ekran ostida joylashgan ichki selfi kamera | 4 MP (f/1.8) |
Tashqi ekranda joylashgan selfi kamera | 10 MP (f/2.2) |
Qurilma chidamliligi: |
IPX8 (1.5 metrgacha chuqurlikdagi suvda 30 daqiqagacha chidamli) |
Chipset |
Snapdragon 8 Gen 2 ("Galaxy uchun" versiyasi) |
Operativ xotirasi |
12 GB |
Doimiy xotirasi |
256/512 GB, 1 TB (UFS 4.0) |
Operativ xotirasi |
One UI 5.1.1 (Android 13) |
Batareya & Quvvatlanish |
4400 mA/s |
Ulanish & Aloqa |
5G (SIM-karta & eSIM) |
Qo‘shimcha xususiyatlari |
barmo izi skaneri (yon tomonida) |
Narxi |
|
Xotira konfiguratsiyasi: 12/256 GB (havorang, qaymoqrang) |
20 999 000 so‘m (radius.uz do‘konida) |
Xotira konfiguratsiyasi: 12/512 GB (havorang, qora, qaymoqrang) |
22 999 000 so‘m (radius.uz do‘konida) |
Xotira konfiguratsiyasi: 12 GB/1 TB (havorang, qora, qaymoqrang) |
24 999 000 so‘m (radius.uz do‘konida) |
Qutida: smartfon, kabel, SIM-karta slotini chiqarish uchun igna va qo‘llanma |