Amerikaliklar Galaxy S7’ni “smartfon tarixining eng yaxshi gadjeti” deb topdi

Amerikaliklar Galaxy S7’ni “smartfon tarixining eng yaxshi gadjeti” deb topdi

AQSh Iste’molchilari kengashiga qarashli, Amerikaning nufuzli Consumer Reports mahsulotlar tavsifiga bag‘ishlangan oylik jurnali tomonidan 22 mart kuni e’lon qilingan reytingga ko‘ra, The Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge smartfonlari smartfonlar tarixidagi “eng yaxshi gadjet”, deb topilgan. Navbatdagi o‘rinlar Galaxy S5 hamda LG smartfonlariga nasib qilgan. iPhone 6s esa reytingda ulardan keyin 7 o‘rinni egallab turibdi.

Samsung Electronics’ning so‘nggi Galaxy S7 har tomonlama Apple Inc.’ning iPhone 6’sidan yaxshiligi xususida ko‘p gapirilmoqda. Consumer Reports’ning mutaxassis va ekspertlari foydalanuvchilar fikriga asoslanib, iPhone 6 Plus’ni BlackBerry Priv bilan taqqoslab, ayfonning afzalliklar ozgina tosh bosganligini e’tirof etishdi.

Apple’ning iPhone 6s va iPhone 6 Plus gadjetlari esa mazkur reytingda 23 va 24 o‘rinlarga munosib ko‘rilgan. Hatto, ayfonlar bu ro‘yxatda 3 nafar Motorola gadjetlaridan keyin va BlackBerry Priv mobil aloqa vositasidan bir oz oldinda.

Galaxy gadjetlari kamera imkoniyatlari, qo‘shimcha xotirani kengaytirish jihati, suvga chidamlilik, quvvat toshi – akkumulyatorning uzoq soat xizmat qilishi tufayli reytingda yuqori o‘rinni egalladi.

Galaxy S6’ning 15.9 megapikselli kamerasidan keyin, Galaxy S7 va S7 edge’ning 12.2 megapikselli bosh kameralari avvaliga hammaning hafsalasini o‘ldirgan bo‘lsa ham, undagi texnologiyalar aniq va ravshan suratlar olishga xizmat qiladi. Uning 1080p formatida sifatli video tasvir olishi boshqa hech bir smartfonda kuzatilmagan. Kamera yorug‘lik past joyda ham sifatli suratga olishi esa chinakam kutilmagan yangilik bo‘ldi.

Kameraning optik barqarorlik funksiyasi ravshan suratlar olinishiga xizmat qilsa, Ultra HD texnologiyasi 4K TV’da videolarni ko‘rishni ta’minlaydi.

Qurilmalar korpusi shisha va alyuminiy xomashyosidan tayyorlangani uning silliq va nafsiligini ta’minlaydi. Bu esa qurilmalarning qo‘ldan sirg‘anib tushib ketish xavfini oshiradi. Ikkala gadjet 1.5 metr chuqurlikdagi suv qa’rida 30 daqiqa tursa ham, yana odatdagiday sifatli faoliyat ko‘rsatadi. Ularning kamerasida esa Ultra HD 4K formatida aniq-tiniq tasvirga olish mumkin.

Qurilma akkumulyatori 24 soatdan ham uzoqroq aloqada bo‘lishga xizmat qiladi. Ya’ni, iPhone 6S’dan 2 marotaba ko‘proq.

S7 va S7 edge gadjetlari baland va aniq-tiniq eshitiladigan audio ko‘nikmaga ega. Shu bilan birga, Samsung Galaxy S7’ning yuqori piksel sig‘imiga ega displeyida ranglar jilosini yaqqol ko‘rish mumkin.

Umumiy natijalarga ko‘ra, Galaxy S7 gadjeti 80 ball, Galaxy S7 Edge gadjeti 79 ball, iPhone 6S mobil aloqa vositasi 77 ball, iPhone 6s Plus va iPhone 6 Plus gadjetlari 73 ball to‘plagan.

Consumer Reports reytingi Apple’ning $399 dollarlik iPhone SE smartfonining taqdimotidan 1 kun o‘tib e’lon qilingan. Mazkur mobil qurilmaning tashqi ko‘rinishi iPhone 5S’ga ichki imkoniyati iPhone 6’ga o‘xshashini hisobga olsak, kompaniya umid qilayotgan ushbu qurilma smartfon bozorida u qadar ham ommalashmasligi mumkin.

Samsung Galaxy S7 2016 yilning 21 fevral kuni Barselonada taqdim etilgan edi. Gadjetning qalinligi 7.9 mm., bo‘yi 142.4 hamda eni 69.6 mm. U 152 gramm tosh bosadi. Uning displeyi Corning Gorilla Glass 4 himoya shishasiga ega.
Flagmanning 5.1 dyuymli ekranida S6 kabi QHD Super AMOLED texnologiyaga ega displeydan foydalanilgan. Super AMOLED texnologiyasi ekrandagi yorug‘lik va qorong‘ulik elementlarining yorqin ko‘rinishi, ranglarning o‘z holicha jilolanishi, beqiyos tasvir imkoniyatini anglatadi.

Batafsil tavsif bu yerda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!