eSIM davri boshlanmasidan avval tugamoqda – iSIM bilan tanishing!

eSIM davri boshlanmasidan avval tugamoqda – iSIM bilan tanishing!

Odamlar endigina nano SIM-kartalardan eSIM'ga o'tishni boshlagan bir vaqtda, eSIM'dan ham yaxshiroq texnologiya, iSIM taqdim etildi. Qualcomm va Thales tomonidan taklif qilinayotgan yangi texnologiya smartfonlarning yanada ixcham bo'lishini ta'minlaydi va yaxshilangan quvvat samaradorligini taklif qiladi.

"Qualcomm Technologies va Thales tomonidan olib borilgan bir necha yillik qizg'in ishlanmalardan so'ng iSIM uchun GSMA tomonidan dunyodagi ilk xavfsizlik sertifikati berildi. Borgan sari ommalashib borayotgan eSIM bilan bir qatorda, Thales'ning 5G iSIM texnologiyasi qurilma ishlab chiqaruvchilari va uyali aloqa operatorlari o'z mijozlariga "havo orqali ulanish" bilan birga yanada ajoyib va qulayroq mahsulot dizaynlarini taklif qilishlari uchun yanada ko'proq erkinlik beradi", – deydi Guillaume Lafaix, Thales Mobile kompaniyasining vitse-prezidenti.

iSIM bilan jihozlangan Snapdragon 8 Gen 2 chipseti GSMA xavfsizlik sertifikatiga ega bo'lishi, u eSIM modullari bilan bir xil kiber himoya darajasiga ega ekanligini anglatadi. iSIM texnologiyasi chipsetda 1 mm² dan kam joy egallaydi. Bu hozirgi nano SIM-karta (12,3 x 8,8 mm) hajmidan 100 baravar kichikroqdir.

iSIM'ning asosiy afzalligi shundaki, u qurilmalar ichida SIM-karta xizmatlari uchun alohida jismoniy maydonga ehtiyojni yo'q qiladi va kamroq quvvat sarflaydi. 2027-yilgacha dunyo bo'ylab iSIM bilan jihozlangan qurilmalar soni 300 milliondan ortishi kutilmoqda.